Davlat kreditida – bunda davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi
tomondan qarz beruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Xo’jaliklararo pul krediti – xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarni bir-biriga
beradigan qarzlari.
Xalqaro kredit - ssuda kapitalining xalqaro miqyosdagi harakatidir.
Foiz normasi (stavkasi) – foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul
summasiga nisbatining foizda ifodalanishi.
Banklar – moliyaviy munosabatlarga xizmat qilib, kredit tizimining negizini
tashkil qiluvchi maxsus muassasalar.
Bank operatsiyalari – mablag‘larni jalb qilish va ularni joylashtirish
bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Bank foydasi (marja) – olingan va to‘langan foiz summalari o‘rtasidagi
farq.
Bank foyda normasi – bank sof foydasining uning o‘z kapitaliga
nisbatining foizdagi ifodasi.
Muhokama uchun savollar:
1. Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.
2. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq?
3. Pulga bo‘lgan talab va uning taklifini qanday omillar belgilab beradi.
4. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalarini izohlang.
5. Kreditning sudxo‘rlikdan farqi nimada? Qanday kredit turlarini bilasiz?
6. Bank tizimi nima? Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ajratib
ko‘rsating.
7. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda qanday usullardan
foydalanadi?
418
XXVI BOB. IQTISODIYOTDA DAVLATNING ROLI
1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqida turli xil
nazariya va qarashlar.
2. Davlatning milliy iqtisodiyotdagi vazifalari.
3. Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga
solish dastaklari.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o’zaro bog’liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |