Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Daromadlar 
siyosati 
mazmunan 
daromadlarning 
taqsimlanishini 
tartiblashga qaratiladi. Bu siyosatda ijtimoiy soliqlar, ijtimoiy dotatsiyalar va 
byudjet transfertlari kabi dastaklar qo‘llaniladi.
Daromad siyosati soliqlarni progressiv, ya‘ni daromad miqdoriga qarab 
oshib borishi tarzida belgilanishini nazarda tutadi. Bunda davlat byudjetida 
to‘plangan mablag‘lar muhtojlarga yordam sifatida taqsimlanadi. 
Daromad siyosati qariyalarni nafaqa bilan ta‘minlashni ham nazarda tutadi. 
Bunda 2 xil nafaqa tizimi mavjud bo‘ladi. Birinchisida, ishlayotganlar 
daromadining bir qismi olinib, davlat nafaqasi sifatida beriladi. Ikkinchisi, 
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bo‘lib, unga ko‘ra har bir xodim ishlagan 
paytidagi daromadining bir qismini pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish orqali 
pensiya mablag‘ini o‘zi to‘plab boradi.
Ijtimoiy himoya siyosati aholining nochor qatlamlariga yordam berish, 
ularni qo‘llab-quvvatlab turishga qaratiladi. Unga ko‘ra o‘zi ishlab pul topishga 
qodir bo‘lmagan kishilarga byudjet mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam 
ko‘rsatiladi. Ijtimoiy yordam miqyosi muhtojlar soniga va davlatning moliyaviy 
imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Tayanch tushunchalar 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik
ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga 
oshirishdir. 


436 
IDTTS maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiy 
tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga 
qaratiladi. 
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-
sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni 
ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling