Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Mehnatga layoqatli yoshdagilar
2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.
3. Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy himoyalash. 4. O’zbekistonda bandlikning tarkibi va uni takomillashtirish vazifalari. 1. Bandlik tushunchasi. To’liq va samarali bandlik muammosi ―Bandlik mehnat layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarning ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir‖. Ish bilan band aholiga yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mustaqil ravishda ish bilan ta‘minlagan shaxslar kiradi. Ish bilan band bo‘lish uchun mehnatga layoqatli, ya‘ni mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat resurslarini tashkil etadilar. O‘zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari kiradi: I. Mehnatga layoqatli yoshdagilar: 16 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollar; 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar. II. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar. III. Balog’at yoshiga etmagan ishlovchi o’smirlar (16 yoshgacha bo’lganlar). Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi qatlamlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining o‘rtacha 70-72 foizi, iqtisodiy faol hisoblanib ularning 95% ga yaqini iqtisodiyotda band qilingan. Iqtisodiy nofaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga 451 yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta‘lim olayotganlardan iborat. Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. Yalpi ishchi kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (mehnat resurslarining) umumiy sonidir. Yalpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi, malakasi, mahorati, ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatkichlarida mujassamlashadi. Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror hosil qilib turilishi kerak. Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib borish hamda ishchi avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir. Ishchi kuchini takror hosil qilish quyidagilarni anglatadi: aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlarini yaratish; xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish; mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash hamda qayta taqsimlash; aholining ijtimoiy, ma‘naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish; ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta‘minlash. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishining asosiy maqsadlaridan biri to‘liq ish bilan bandlikni ta‘minlash hisoblanadi. ―To‘liq bandlik‖ va ―samarali‖ yoki ―oqilona‖ bandlikni ham taqozo qiladi. Ish bilan to‘liq bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan barcha kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi. Shuningdek, ish bilan to‘liq bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishini inkor etmaydi, boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha kishilarning ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi. 452 Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul daromad olinishini bildiradi. To‘liq bandlik belgilangan ish kuni, haftasi va oy davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Aks holda to‘liq bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi. ―Samarali‖ yoki ―oqilona‖ va ―samarasiz‖ bandlik ham mavjud. Oqilona bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini ta‘minlovchi bandlikdir. Samarasiz bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z mehnatidan qoniqmagandagi bandlikdir. Bunday bandlikda texnologiya yuqori bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi. Oqilona bandlikka kompyuter dasturchisining bandligini misol qilib olish mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste‘dod va tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq xo‘jaligi xodimlari bandligini olish mumkin. Ish bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy manfaatdorligining ta‘minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqozo qiladi. Bandlik axamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka ajratiladi. Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlov- chilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad ishlovchini qoniq- tirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. Bandlik darajasi ishlashga layoqati bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab turishlarini bildiradi. 453 Bandlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobiliyati borlarning hammasi ishlashni xohlaydi deb faraz qilinadi. Bandlik darajasi (Bd) ishlovchilarning (I) mehnat resurslaridagi (Mr) hissasi bo‘lib, foizda ifodalanadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling