Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3. O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet tizimi orqali aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. Bundan ko‘zlangan ―...maqsad – iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi, eng muhimi, odamlarning hayot darajasidagi jiddiy tafovutni bartaraf etishdir‖ 86 O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, byudjetning ijtimoiy yo‘naltirilganlik tavsifi saqlab qolinadi. Davlat byudjeti harajatlar qismining 60 foizdan ortig‘i ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishga qaratiladi. Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. 86 Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.22-бет. 447 Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‘arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o‘zida qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o‘zgartirishda respublikada joriy etilgan yangi yagona ta‘rif setkasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash imkonini berdi. Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi - ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada ushlab turish hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib boriladi. Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga 448 oshirishda, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo‘luvchilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar hosil qilindi. Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoev qayd qilib o‘tganidek: ―...islohotlarning asosiy maqsadi aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlashdir‖ 87 Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy sohani rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. ―Harakatlar strategiyasi‖ da uning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi: aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish; aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish; arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta‘minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab- quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini 87 Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.6-бет. 449 ta‘minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling