Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha darom adlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham daromadlardagi farqlarni bartaraf qila olmaydi. O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. 443 Daromadlarning mutloq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi sabablar: kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatidagi farqlar; yangidan yaratilgan qiymatning taqsimotidagi notenglik; ayrim kishilarning merosga egaligi, tasodifiy omadi kelishi; kishilarning tadbirkorlik layoqatidagi farqlar; mehnat bozoridagi monopoliya va turli xil kamsitishlar; Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi. даромад(%) 0 20 40 60 80 100 Лоуренс эгри чизиғи аҳоли (%) 100 80 60 40 20 27.1-chizma. Lorens egri chizig’i Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanish imkoniyati burchakni teng ikkiga bo‘luvchi bissektrisa o‘qida ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Oilalarning 20%, 40% va 60%i mos ravishda barcha daromadlarning 20%, 40% va 60% ni olishi lozim bo‘ladi va h.k. 444 Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi farq daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib farq yo‘qoladi. Bizning misolda AV yoysimon chiziq bilan AV to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi farqqa qanchalik kattalashsa daromadlarda tengsizlik shunchalik kuchli bo‘ladi. Tengsizlikning haddan oshib ketishiga yo‘l bermaslik uchun uning me‘yori kiritilgan. Bunga ko‘ra boylar qo‘lida jami daromadlarning 25-35 foizi to‘planishi mumkin. Boshqa bir me‘yorga ko‘ra 10 foiz boylar va 10 foiz kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq 13-15 martadan oshmasligi talab qilinadi. O‘zbekistonda bu farq oxirgi yillarda 11 dan 8 martagacha qisqargan. Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng yuqori va 10% eng kam ta‘minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 8 barobarni tashkil etgan. Bu jahonda eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir. Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatgich italiya iqtisodchisi va statistigi Korrado DJini (1889-1965) nomi bilan ataladi. Mazkur ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya‘ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi.Jamiyat a‘zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling