Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi
Bd=I/Mr•100%.
Bandlik darajasi mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga va iqtisodiyotining ishlab chiqarish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bandlikni ta‘minlashda sotsial-demografik jarayonlarning ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat resurslari nisbatan ko‘p, aholining tabiiy o‘sishi yuqori. Lekin, ular hududlar, tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha bir tekis taqsimlanmagan. Yaratilayotgan ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining o‘sish sur‘atlariga har doim ham mos kelavermaydi. Xo‘jalik aloqalarining murak- kablashuvi, ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘sish sur‘atlarining har xil darajasi, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar bandlik sohasidagi muammolarni biroz keskinlashtirdi. Ko‘pincha aholining bilim va malaka darajasi bozor munosabatlarining yuqori talablariga to‘liq javob beravermaydi. Ayniqsa, yoshlarning mehnatga layoqatli qismida ish bilan ta‘minlanmaganlik muammosi mavjud bo‘lib qoladi. Respublikada yaqin istiqbolda ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish muhim o‘rin tutadi: tarmoq dasturlarini amalga oshirish; korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish; transport va kommunikatsiya tizimini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish; aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish. 454 Aholi bandligini ta‘minlash orqali mehnatning qo‘llanish doirasi kengayadi, tovar ishlab chivarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ko‘payadi, kishilarning turmush darajasi ko‘tariladi, jamiyatdagi ijtimoiy tanglik yumshatiladi. 2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi Ishchi kuchi bozorida unga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda mehnat unumdorligi ish haqi darajasini belgilab beradi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga, yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham ishchi kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha sarfni mehnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning tejalishiga ham olib keladi. Ish haqi xarajatlar tarzida foydaga ta‘sir etishi orqali ishchi kuchiga talabni o‘zgartiradi. Ish haqi bilan ishchi kuchiga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin: Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling