Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy 
himoyalash 
Ishchi kuchi bozori xaridorlar – (ish beruvchilar) va sotuvchilar- (ish kuchi 
egalari)dan iborat bo‘ladi. Ish beruvchilar davlat idora tashkilotlari, xususiy va 
jamoat tashkilotlari, mehnatni taklif etuvchilar – ish kuchi egalari bo‘lib, ular 
mehnat qobiliyatiga ega va o‘z ishchi kuchini sotishga ishtiyoqi bo‘lgan 
kishilardan tashkil topadi. Ishchi kuchi bozorining aniq shakllari bular - mehnat 
birjalari va ishga yollovchi firmalardir. 
Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga yollovchilar 
o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda 
vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasadir.
Dastlabki mehnat birjalari X1X asrning birinchi yarmida tashkil topgan. 
Bizning Respublikada mehnat birjalari 2009 yildan boshlab –―Aholi bandligiga 
ko‘maklashish markazlari‖ deb atala boshlandi. 
Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir: 
- ishsizlarni ro‘yxatga olish, xamda ish joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarni 
ishga joylashtirishda vositachilik qilishi; 
- ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish; 
- alohida ixtisosliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab haqida ma‘lumot berish; 
- yoshlarni kasb ixtisosliklar bo‘yicha yo‘naltirish, yangi kasb-hunarga 
o‘rgatishni tashkil qilish. 
Mehnat birjalarining faoliyati faqat ish bilan ta‘minlash emas, balki iqti-
sodiyot tarmoqlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq xolda o‘zgarib turadigan 
mehnat bozori talabini qondirishdan iborat. 


458 
Respublikada axolining yuqori sur‘atlar bilan o‘sib borayotganligini, ish 
bilan bandlikni ta‘minlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga 
oshirish mo‘ljallangan: 
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni 
kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ashyosini 
qayta ishlash, iste‘mol mollari, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari 
tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. 
Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini 
keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga 
alohida e‘tibor qaratish.
Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish 
infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini vujudga keltirish. 
To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta 
o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. 
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga 
yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu 
siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik 
manbalariga ega bo‘lishiga erishishga qaratiladi. 
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha 
odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish imkoniyatini berish bilan birga, aholi 
extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta‘minlovchi davlat va 
bozor mexanizmini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan 
band qilish, zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari 
o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling