Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
-chizma. Ishchi kuchiga talab va uning o’zgarishi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
28.1-chizma. Ishchi kuchiga talab va uning o’zgarishi
Soatlik ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda ishlash uchun 500 kishi talab qilinadi, 2000 so‘mga tushganda, ishchi kuchiga talab ortib, jami 700 kishiga etadi. Bunda ish haqining qisqarishi ishchi kuchiga talabni oshiradi. 455 Mehnat bozorida taklif ham narxga nisbatan egiluvchan bo‘ladi, ya‘ni ish haqi oshsa, ishchi kuchi taklifi ko‘payadi, kamaysa, uning taklifi qisqaradi. Ish haqi 3000, 5000, 7000 so‘m bo‘lishiga qarab, ishchi kuchi taklifi 300, 500, 700 kishidan iborat bo‘ladi. Bu ishchi kuchi taklifining ish haqiga nisbatan egiluvchanligini ko‘rsatadi. Ishchi kuchi bozorida unga bo‘lgan talab va taklif mos kelganda muvozanatlik hosil bo‘ladi. Mazkur muvozanat ish haqining muayyan darajasida vujudga keladi. 28.2-chizma. Ishchi kuchi taklifi va uning o’zgarishi 28.3-chizma. Ishchi kuchi bozorida muvozanatlik Chizmada ishchi kuchiga talab chizig‘i AB taklif chizig‘i DS bilan M nuqtada kesishadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab va 456 taklif miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi mehnatiga talab qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish kuchining bundan ortiqchasi ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa omillar ham ta‘sir qiladi, bular: Texnika taraqqiyoti; Iqtisodiy faollik (tanglik yoki turg‘unlik holati); Yangi texnologiyaning joriy etilishi; Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi; Mavsumiylik; Shunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va baquvvat kishilarni; san‘at, adabiyot, fan, konstruktorlik sohalari alohida iste‘dodni talab qiladi. Shunday kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi. Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi kasbdan obro‘ topish, qo‘shimcha imtiyoz olish, yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiz qolish xavfi- ning yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek imtiyozli kredit olish im- koni va boshqalar ta‘sir qiladi. Ishchi kuchining taklifiga eng avvalo nufuz qonuni, ya‘ni aholi sonining o‘sish sur‘ati ta‘sir ko‘rsatadi. Aholi soni tez o‘sib, mehnat qilish yoshiga etganlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishchi kuchi taklifi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda 1995 yilda mehnat qilish yoshiga yetganlar jami aholining 49.3%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 58,1%ga etgan 88 . Shunga mos ishchi kuchi taklifi ham ortgan. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga talab oshsa ishchi kuchiga talab ortadi, talab qisqarganda ishchi kuchiga ham talab qisqaradi. Mana shu bog‘liqlik sababli iqtisodiy inqirozlar davrida ishchi kuchiga talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib boradi. 88 Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. T.:2016. 21 бет. 457 Respublikada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi ustuvor vazifa – bu mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iboratdir. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta‘minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling