Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
Tayanch tushunchalar 
Ishchi kuchini takror hosil qilish – insonning jismoniy kuchlari va aqliy 
qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta‘minlab turish, ularning mehnat 
malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi 
o‘sishini ta‘minlash, yosh ishchilar avlodini yetkazib berish. 
Bandlik – mehnat layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor 
kishilarning ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlari. 


462 
To’liq bandlik – mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan barcha 
kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi. 
Samarali bandlik– xodimlarning o‘z mexnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy 
manfaatdorligining ta‘minlanishi. 
Birlamchi bandlik – bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini 
beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishi.
Ikkilamchi bandlik – qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni qo‘shimcha daromad 
beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishi. 
Bandlik darajasi – iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga 
nisbati. 
Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga 
yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga 
oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasa. 
Muhokama uchun savollar: 
1. Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning 
xususiyatlari qanday? 
2. Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq? Fan-texnika 
taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi? 
3. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma‘noda tushuniladi? Qanday qilib 
ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi? 
4. Ish bilan birlamchi va ikkilamchi bandlik tushunchalarini izohlang. 
5. Mehnat birjasi nima va u qanday vazifalarni bajaradi? 


463 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling