Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va
xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarining shakllanishiga olib keladi. Dastlabki davrlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan. Binobarin, ishlab chiqarish baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topgan. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanishi sababli ularda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli jo‘g‘rofiy ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotini tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi. Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chi- qarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‘zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi. Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayriboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma‘nosi shuki, baynalminal iqtisodiy resurs sarflari jahon bozorida e‘tirof qilinadi. Ayni vaqtda, jahon narxlarining tashkil topishiga tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchilik va boshqa shu kabilar ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv layoqatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. 466 Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning keyingi yillarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga boradi. Ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, rivojlangan Evropa integratsion hamjamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorlik AQSh, Kanada va Meksika iqti- sodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayi- shi janubiy-sharqiy Osiyo, O‘rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xarakterli bo‘lib bormoqda. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling