Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o’zaro bog’liqligi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning ijtimoiy siyosati
- Bandlik siyosati.
5.
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o’zaro bog’liqligi Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning uzviy aloqada bo‘lishini taqozo qiladi. Iqtisodiyot ijtimoiy taraqiyot uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o‘z navbatida ijtimoiy muammolarning hal etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Mana shunday o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning uyg‘unlashuvini taqoza kiladi. Davlatning ijtimoiy siyosati — bu kishilarning hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni ijtimoiy himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir. Uning maqsadi umumiy iqtisodiy farovonlikni oshirib borishga ko‘mak berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish haqini o‘rnatish, kambag‘allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash, ij- timoiy yordam me‘yorlarini aniqlash kabilarga ustuvorlik beriladi. Uning asosiy yo‘nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir. Bandlik siyosati. Bu mehnatga layoqatli va ishlashni hxohlagan kishilarni ish bilan ta‘minlash, shu orqali ularga o‘zini-o‘zi iqtisodiy ta‘minlash uchun imkoniyat yaratishni ko‘zda tutadi. Bunda davlat mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mavjud ish o‘rinlaridan to‘laroq foydalanib bandlikni oshirilishini ko‘zda tutadi. Yangi ish o‘rinlarini yaratgan korxonalarga soliqdan imtiyozlar yoki subsidiyalar beriladi. Shuningdek, yangi ish o‘rnini yaratib, uni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlab, mehnat unumdorligini va shunga ko‘ra daromadlarini oshirishga erishish rag‘batlantiriladi. Bandlik muammosining keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki bu yo‘liga ustuvorlik beriladi. Iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik siyosati har qanday ish o‘rnini, hatto unumi past ish o‘rinlarining yaratilishini ham ko‘zda tutadi. Aksincha, iqti- sodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda malakali mehnatni band qiluvchi unumi yuqori ish o‘rinlarini, yaratishga e‘tibor qaratiladi. O‘zbekistonda bandlik siyosatida yangi ish o‘rinlarini yaratishda kichik biznes va xususiy 435 tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarida ish o‘rinlarini yaratishga ustuvorlik beriladi. O‘zbekistonda maxsus bandlik fondi mablag‘lari hisobidan ish o‘rinlari yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriladi va ular yangi kasblarga o‘rgatiladi. Davlat hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar mab- lag‘lari ham yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladi. Ishsizlik darajasi yuqori bo‘lganda, uni kamaytirish uchun hukumat ish kuchini chetga chiqarish choralarini ham ko‘radi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling