Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

O’zaro kredit berish jamiyatlari  xarakteri jihatidan tijorat banklariga yaqin 
bo‘lib, asosan mayda va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatadi. Ularning a‘zosi 
jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Jamiyat kapitali unga a‘zo bo‘lib 
kirish badallaridan tashkil topadi. 
Moliya kompaniyalari odatda tovarlar oldi-sotdisiga kredit beradi. Savdo va 
sanoat firmalariga qarzga sotilgan tovari uchun kredit berish bilan shug‘ullanadi.


413 
Sug’urta kompaniyalari asosan sug‘urta polislarini sotish bilan shug‘ullanadi. 
O‘z mablag‘larini sanoat kompaniyalari obligatsiyalari, aktsiyalari hamda davlat 
qimmatli qog‘ozlariga qo‘yadilar. 
Pensiya fondlari eng avvalo o‘z mablag‘larini tashkil etish va pensiya berish 
bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini asosan sanoat kompaniyalari aktsiyalariga 
qo‘yadi.
Investitsion kompaniyalar o‘z majburiyatlarini mayda mijozlar o‘rtasida 
joylashtirib, turli tarmoqlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bilan shug‘ullanadi. 
Kredit shirkatlari o‘z a‘zolari, kooperatorlar, ijara korxonalari, kichik va 
xususiy biznes hamda jismoniy shaxslarga kredit hisob-kitob xizmatlarini ko‘r-
satish maqsadida tashkil etiladi. Ularning kapitali paylari va kirish badallari 
hisobiga tashkil topib, shirkatdan chiqqanda qaytarilmaydi. Asosiy passiv opera-
tsiyalari omonatlarini jalb etish va zayomlarini joylashtirishdir
82

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsus moliya kredit muassasalari soni 
tobora ortib boradi. Ular nihoyatda katta mablag‘larni jalb etish bilan birga 
kapitallarni samarali joylashtirishga ham erishib, umuman iqtisodiyotni rivojlan-
tirishga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan AQShda ana shunday muassasalarning ak-
tivlari tijorat banklari aktivlaridan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Respublikamizda 
ham bunday muassasalar tashkil etishda anchagina muvaffaqiyatlar qo‘lga 
kiritilmoqda. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling