Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy bank
25.2-chizma
Bank iqtisodiy munosabatlarining pulning harakati yuzasidan kelib chiqa- digan aloqalariga xizmat qiluvchi muassasadir. O‘zbekiston Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida‖gi qonuniga ko‘ra ―Pul mablag‘larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir, bank huquqiy shaxsdir‖. Banklar eng avvalo xususiy-tijorat tuzilma sifatida vujudga kelgan. Banklar o‘zining rivojlanishi jarayonida uzoq davr va ko‘p bosqichlarni bosib o‘tgan. Dastlabki banklar eramizgacha 2300 yilda qadimgi Mesopotamiya davlatida savdo sherikchilik ko‘rinishida tashkil etilib, ssudaga pul berish va pul ko‘chirish operatsiyalari bilan shug‘ullangan. Lekin haqiqiy banklar rivojlanishi Bobillar davlati (miloddan avvalgi 2000-yilning boshlarida janubiy Mesopatamiyada) vujudga kelishi bilan bog‘liq. Banklar keyinchalik Afrika, Misr, Rim va Angliyada rivojlana boshlagan. Davlat banklari XIX asrga kelibgina tashkil topa boshlagan. Frantsiya davlat banki 1800 yilda tashkil etilgan, 1816 yil Avstriya, 1825 yili Belgiya milliy banki keyinchalik Rus davlat banki, Italiya milliy banki vujudga kelib, tijorat banklari bilan birgalikda ish yurita boshlagan. O‘zbekistonda bank tizimi Markaziy banki va aktsiyadorlik-tijorat banklardan iborat ikki bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu tizim tarkiban O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalq banki hamda aktsiya, pay asosida tashkil qilingan shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi tijorat banklari, ularning vakolatxonalaridan iboratdir. 408 Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank u ―banklar banki‖ deb ham yuritiladi, tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi. Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valyuta ehtiyotlarini saqlash vazifasini ham bajaradi. Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta‘minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi. Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi. To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayriboshlaydi. Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas‘uliyatini oladi, muomalaga milliy valyutani chiqaradi. Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi. Bunda u: pul muomalasini tartibga soladi va kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi usullardan foydalaniladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar; Zahira (ehtiyot) me‘yorini o‘zgartirish; Hisob stavkalarini o‘zgartirish. 409 Ularning har birining o‘zgarishi pul massasining o‘zgarishiga olib keladi, ya‘ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan vositasidir. Agar markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko‘paytirishi zarur bo‘lsa, u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib olishni boshlaydi. Ma‘lum vaqt o‘tgach, obligatsiyalar sotishdan olingan pullar tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag‘lardan bir qismi ehtiyotga qo‘yilib, qolganlari bank krediti sifatida ishlatiladi. Agar Markaziy bank inflyatsiya sharoitida pul massasini ko‘paytirishning oldini olishga xarakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat banklari o‘zlariga foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib oladi va ma‘lum vaqt o‘tgach, to‘lov uchun taqdim etadi. Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin bo‘lgan ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori bo‘lsa muomaladagi pul taklifi kamayishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta‘sir ko‘rsatadi. Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga talab o‘sadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi. Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab ―arzon‖ yoki ―qimmat‖ pul kredit siyosatini yuritadi. Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik mavjud bo‘lsa, Markaziy bank ―arzon‖ pul siyosatini yuritadi va kredit olishni osonlashtiradi. Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni banklar va aholidan sotib oladi, ehtiyot normasini kamaytiradi va hisob stavkasi pasaytiradi. Natijada pul taklifi ko‘payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o‘sishi va iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi. Agarda mamlakatda inflyatsiya yuz berayotgan bo‘lsa, ―qimmat‖ pul siyosati yuritilishiga to‘g‘ri keladi. Bu siyosat kreditni ―qimmat‖ qilib, uni olishni 410 qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va hisob stavkasini ko‘taradi. Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida investitsiyalarning qisqarishiga, inflyatsiyani cheklashga olib keladi. Shunday qilib, Markaziy bank mamlakat kredit-moliya tizimi orqali butun iqtisodiyotga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Hozirgi davrda o‘zbekistonda Markaziy bankning ―...pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta‘minlash; erkin konvertatsiyani ta‘minlovchi valyutaga oid muno- sabatlarni tartibga solish, milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish 80 ‖ga qaratiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi. Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar ko‘rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valyuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok etadi. Uchinchidan, hukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. Tijorat banklari tizimi rivojiga ikki tamoyil xos: bir tomondan, univer- sallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari odatda universal tavsifga ega bo‘lib, o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aktsionerlik tipidagi kor- poratsiyalar hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi: Hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish; Kredit operatsiyalarini bajarish; Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish; Turli xizmatlar ko‘rsatish; Banklararo operatsiyalar o‘tkazish; Valyuta operatsiyalarini bajarish; 80 Мирзиѐев Ш.М..2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling