Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
2. 
Davlatning milliy iqtisodiyotdagi vazifalari. 
Davlat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va ayni vaqtda bozor 
tizimi faoliyat qilishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyotida bu davlatning 
iqtisodiy vazifalarida ifodalanadi. Bular quyidagilar: 

bozor iqtisodiyoti me‘yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni vujudga 
keltirish va takomillashtirish; 

raqobatni himoya qilish; 

daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash; 

resurslarni qayta taqsimlash; 

iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni inflyatsiya va bandlik darajasi 
ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish; 

tashqi samarani tartibga solish. 
Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqozo 
qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik 
xuquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar, 
resurslarni yetkazib beruvchilar va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va shu kabilar. O‘zbekiston 
Respublikasining korxonalar, tadbirkorlik va aktsionerlik jamiyatlar to‘g‘risidagi 
qonunlari hamda ularga kiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarru-
fidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun 
zaruriy, huquqiy asosni ta‘minlashga qaratilgan. 
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta‘minlash o‘z ichiga ichki tartibni 
saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchashga andozalar belgilash, tovarlar va 
xizmatlar ayriboshlashini engillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga 
kiritish kabilarni oladi.


421 
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usul-
da nazorat o‘rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar 
―raqobatli bozor‖ mavjud bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy 
monopoliyalar deb nomlanadigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va 
ko‘rsatiladigan xizmatlarga andozalarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr quvvati 
ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma‘lum darajada 
shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik 
bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta‘minlanishi sababli davlat 
raqobatini quchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi 
qonunlar qabul qiladi.
Bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a‘zolari 
o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli 
davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu 
vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert 
to‘lovlari orqali muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog‘ida bo‘lganlarni 
nafaqalar hamda ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta‘minlaydi. Ijtimoiy ta‘minot 
dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. 
Ikkinchidan, davlat bozorini tartibga solish yo‘li bilan, ya‘ni talab va taklif 
ta‘sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning 
taqsimlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlat jamiyat a‘zolari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq 
tizimidan keng foydalanadi. 
Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki 
holatda ko‘rinadi, ya‘ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma‘lum tovarlar va xizmatlarning 
kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar 
va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi.
Resurslarning qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste‘mol 
qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya‘ni bevosita xaridor 
yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga ―joyini o‘zgartirsa‖ vujudga keladi. Bu 
qo‘shimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar 


422 
xissasiga to‘g‘ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning 
ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o‘zining sanoat 
chiqitlarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu cho‘miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi 
aholiga zarar keltiradi.
Davlat bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi 
yoki mahsus soliq va jarimalardan foydalanadi. 
Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki 
cheklovchi qonunlar, ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarining sanoat chiqitlarini ishlab 
chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va 
o‘rnatish bilan yo‘qotishga majbur qiladi.
Boshqa holda davlat maxsus soliqlarni kiritish yordamida, atrof-muhitni 
ifloslantiruvchi korxonalarga boshqalarga keltirishi mumkin bo‘lgan zararni 
yuklashga harakat qiladi. 
Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi 
keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi. 
Birinchidan, iste‘molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish 
qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytirildi.
Ikkinchidan, davlat taklifini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni sub-
sidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi 
va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi bartaraf qilinadi. 
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne‘matlarni ishlab 
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi 
va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z 
zimmasiga oladi. 
Bular fan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro‘y 
beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular 
jumlasidandir. 
Davlat 
byudjet 
mablag‘lari hisobiga resurslarni hususiy sohada 
qo‘llanilishdan bo‘shatadi hamda ularni ijtimoiy ne‘mat va xizmatlar ishlab 
chiqarishga yo‘naltirish mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti 


423 
tarkibida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta 
taqsimlaydi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiyotning barcha sohalarini 
resurslar bilan ta‘minlash, to‘liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga 
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng 
muhim vazifasi hisoblanadi. 
Iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, hajmi etarli 
bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarga o‘z xarajatlarini 
ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektorning sarflarini rag‘batlantirish 
maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Agar jami sarflar to‘liq bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu 
narxlar darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha 
darajasi inflyatsion xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish 
orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflarni 
tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo‘lganda davlat 
sarflarining ko‘payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning 
o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida, soliqlarning qisqarishi yoki transfert 
to‘lovlarining ko‘payishi daromadlarni ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy 
sarflarning o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug‘urta 
va ijtimoiy ta‘minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning 
xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat atrof-
muhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash, bo‘sh ishchi o‘rinlariga ega 
bo‘lishning teng sharoitini ta‘minlash va ma‘lum sohalarda narx belgilash 
amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilar orqali ham iqtisodiy faollikga
ta‘sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy tavsifdagi ne‘matlar ham borki, ular faqat davlat tomonidan ishlab 
chiqarilib, butun jamiyat a‘zolari yoki alohida kishilar guruhi bahramand bo‘lishi 
taqazo qilinadi. 


424 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi. Birinchidan, 
iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxonalarda tovar va xizmatlar 
yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi. Ikkinchidan, davlat umumiy 
manfaatlarini ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok 
etadi. 
Respublikamizda yaqin istiqbolda ham: ―iqtisodiyotda davlat ishtirokini 
kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini 
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining rag‘bat-
lantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish‖ nazarda 
tutiladi.
83
Bunda quyidagilarga ustuvorlik beriladi: 

davlat mulkini xususiylashtirish tartib-tamoyillarni yanada kengaytirish va 
soddalashtirish; 

xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini 
kamaytirish; 

davlat mulkini xususiylashtirilgan ob‘ektlarning bazasida xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; 

korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish; 

davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish; 

nodavlat, jamoat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini 
oshirish 
Davlat bozorga nisbatan tashqi kuch sifatida ham maydonga chiqib butun 
iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi va bunda butun jamiyat nomidan ish 
ko‘radi.
Davlatning oilalarga beradigan turli transferlari ularning xarid qobiliyatini 
oshiradi, bu esa o‘z navbatida talabni shu orqali bozorni kengaytiradi. Davlat 
sektori korxonalarida yaratilgan tovar va xizmatlar taklifini oshiradi. 
Davlat sektori butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan xususiy korxonalar ishlab 
chiqarilmaydigan tovar va xizmatlarni yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori 
83
Мирзиѐев Ш.М.. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор 
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz 


425 
ishlab chiqarish infratuzilmasi, yonilg‘i-energetika, transport, yo‘l va suv xo‘jaligi, 
aloqa kabi sohalarni qamrab oladi. Ularning xizmatlari milliy iqtisodiyotning rivoji 
uchun zarur bo‘lganligi sababli shu sohalar xarajatini qoplashni davlat o‘z 
zimmasiga olib, iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. 
Xozirgi zamon bozor iqtisodiyotini tartiblashda bozor va davlat mexanizmi 
birgalikda amal qiladi. Biroq, ularning nisbati iqtisodiyotdagi vaziyatdan kelib 
chiqib turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Italiya, Yaponiya, Avstriya, Frantsiya, 
Shvetsiyada davlatning roli kuchli bo‘lsa, AQSh va Germaniyada bozor 
mexanizmi ustuvorlikka ega. 
Davlatning tartibga solish rolini iqtisodiyot rivojining umumiy holati ham 
belgilaydi. Iktisodiyot barqaror o‘sayotgan va bozor mexanizmi samarali ishlab 
turganidan davlat iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Aksincha, iqtisodiyot inqirozli 
holatda bo‘lganda davlat uning oqibatlarini yumshatishga qarata aralashuvi 
faollashadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling