406
qog‘ozlar bozorida aniqroq namoyon bo‘ladi. Chunki qimmatli qog‘ozlarning
ishonchliligi, daromadliligi doimo bank foiziga teskari mutanosibdir.
Foiz belgilashda vaqt omili juda muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra pul egasi
o‘z pulini bugungi ehtiyojiga sarflamay qarzga beradi.
Kishilar har doim hozirgi kundagi ne‘matlardan foydalanishni,
kelajakdagi
iste‘moldan yuqori baholaydi. Shu sababli ular hozir qondirishi mumkin bo‘lgan
ehtiyojini keyinga qoldirmasdan ne‘matlardan foydalanishga harakat qiladi.
Foiz darajasiga yuqoridagilardan tashqari qarzga olinadigan pulni
ishlatishdan olinadigan foyda, qarz to‘lash muddati va sharti, tahlika
darajasi kabi
omillar ta‘sir ko‘rsatadi.
5. Kredit-bank tizimi va markaziy bankning pul kredit siyosati
Kredit tizimi banklar va boshqa moliya kredit muassasalarining tashkiliy
huquqiy shakllariini o‘z ichiga oladi. Kredit tizimi bo‘sh pul mablag‘larini to‘plab
ssuda kapitaliga aylantirish bilan birga tashqari omonatlar
qabul qilish va ular
bo‘yicha turli hisoblar ochish, aktsiya
va obligatsiyalar chiqarish, moddiy
boyliklarni saqlash, to‘lov operatsiyalarida vositachilik
qilish vazifalarini ham
bajaradi.
Kredit tizimi kreditlash mehanizmiga tayanadi. Kredit mexanizmi o‘z ichiga
kreditlash shakllarini, sharoitlarini, usullarini, uni boshqarish tizimini oladi. Kredit
mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi. Kredit me-
xanizmining muhim tarkiblaridan biri kredit shartnomasi bo‘lib,
u kredit mu-
nosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Kredit tizimining
hal qiluvchi bo‘g‘ini-bu bank tizimidir.