Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni hal qilish yо‘llari Reja: Kirish


Download 100.49 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi100.49 Kb.
#1499424
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
курс иши Nurboboyev Alisher


Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni hal qilish yо‘llari


Reja:


Kirish
1. Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlikni boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari
2. Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik va uni boshqarishda davlat moliyasi barqarorligiga ta’sirining tahlili
3. Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni bartaraf etish yo’llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati

Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etishning hozirgi bosqichida davlat qarzlarini boshqarish tizimi alohida o’rin egallaydi. Davlat moliyasi barqarorligining muhim omili – davlat qarzlarini samarali boshqarish yo’llari hisoblanadi. Davlat qarzlarini boshqarish mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidir. Davlat qarzlarini boshqarish bu - mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot birlamchi taqsimlangandan keyingi taqsimlanish jarayonini muvofiqlashtiruvchi asosiy soha bo’lib, takror ishlab chiqlab chiqarishni uzviy davomchisi hisoblanadi. Aynan davlat qarzlarini boshqarish orqali ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va ish bajaraish jarayonini doiraviy aylanishi ta’minlanadi. Shuningdek, jamiyat sub’ektlarini moliyaviy mablag’lar bilan uzviy ta’minlanishiga qulay sharoit tug’diradi. Moliyaviy munosabatlarni oqilona va odilona tashkil etish, rivojlantirish va takomillashtirib borishda maqsad va maqsadga samarali erishish uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalari mavjud.
Iqtisodiyotning rivojlanishi moliya tizimining rivojlanish darajasiga, shu jumladan davlat moliyasining rivojlanish va boshqarilish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Moliya tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan davlat moliyasi davlatni iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining bajarilishida, davlat mablag’larini qayta taqsimlash, moliya, transport va aloqa, shuningdek ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro mezonlarga ko’ra, hozirda O’zbekiston Respublikasining davlat qarzi “mo’tadil” darajada bo’lsada, O’zbekistonning suveren kredit reytinglari barqarorligini hamda davlat qarzining xavfsiz darajada bo’lishini kafolatli ta’minlash mexanizmlarini yaratish bugungi kun talabi bo’lmoqda. Bunda, davlat qarzining yillik limitlarini belgilash, davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishda ustuvor yo’nalishlarni belgilash, ularning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va loyihalar natijalarini baholashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Xalqaro andozalar asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish hamda jalb qilinayotgan qarzlardan samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishni ta’minlash bugungi kunning asosiy vazifaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 60-sonli farmonining 21-maqsadining amalga oshirish mexanizmiga muvofiq:
“...Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kelgusi 5 yil uchun bir nechta ssenariyli makroiqtisodiy prognoz (makromodel)ni ishlab chiqish. Bunda:

  • yalpi ichki mahsulotni 100 mlrd AQSh dollariga yetkazish va aholi daromadlarining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

  • tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda iqtisodiyotga ta’sirini baholash; iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan energiya manbalari bilan ta’minlash; tashqi bozorlardagi o‘zgarishlarni prognozlashtirish va iqtisodiy o‘sishga tashqi omillar ta’sirini yumshatish;

  • hududlar va tarmoqlarning iqtisodiy o‘sishdagi hissasini aniqlash orqali “o‘sish nuqtalari”ni belgilash;

  • barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tavsiyalar va asosiy makroiqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqish”1 kabi vazifalar belgilangan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy pirovard maqsadi mamlakat iqtisodiyotida bozor munosabatlari tamoyillarini to`liq qaror topishidan iboratdir. Ushbu jarayonda esa xorijiy kredit liniyalarining o`rni beqiyosdir. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”2 deb takidlab o‘tganlari ham bejizga emas.
Shu bilan birgalikda, O`zbekiston Republikasi Prezidentining 2017-yil
7 fevraldagi "O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida"gi PF-4947 sonli farmonida ham "xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o`ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish" iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlarida biri sifatida ko`rsatib o`tilgan3.
Mamlakatimizga jalb qilingan investitsiyalarning aksariyat qismi xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ya`ni Osiyo Taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki va shu kabi xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari xissasiga to`g`ri keladi.
Iqtisodchilarni hamisha qiziqtirib kelgan tashqi qarz va ichki qarz, ularning o’zaro aloqadorligi muammolari ko’rib o’tiladi, ayniqsa, Davlat tashqi qarzi mufassalroq yoritilgan. Buning sababi shuki, rivojlanayotgan mamlakatimizda tashqi qarz davlat qarzining salmoqli qismini tashkil etmoqda, qolgan mamlakatlarda esa tashqi qarz ichki moliya bozorining rivojlanishi darajasiga qarab o’zgarib boradi. Ko’pgina mamlakatlarning tajribalariga tayangan holda, umuman, davlat qarzi haqida keng ma’lumotlar berilgan.




  1. Download 100.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling