Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni hal qilish yо‘llari Reja: Kirish


Халқаро кредитлар бўйича қарздорлик va uni boshqarishda davlat moliyasi barqarorligiga ta’sirining tahlili


Download 100.49 Kb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi100.49 Kb.
#1499424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
курс иши Nurboboyev Alisher

Халқаро кредитлар бўйича қарздорлик va uni boshqarishda davlat moliyasi barqarorligiga ta’sirining tahlili



O’zbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi strategik ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qarz mablag’larini jalb qilinishi natijasida shakllangan bo’lib, uning hajmi 2021 yilning 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollar yoki YaIMga nisbatan 36,5 foizni tashkil etdi:
O’zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 15,1 mlrd. dollar ekvivalenti yoki jami davlat tashqi qarzining 71,4 foizi;
O’zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz – 6,0 mlrd. dollar ekvivalenti yoki davlat tashqi qarzining 28,6 foizi. Xalqimizning farovon hayotini va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun, avvalo, infratuzilmani rivojlantirish talab etiladi. Aholining yashashi, ishlab chiqarish va tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan energetika, suv ta’minoti, transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta miqdordagi sarmoyalar talab etiladi.O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va O’zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablag’larni jalb etish davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish bo’lib, bu mablag’ bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi- rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to’lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasi nomidan to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan qarzdorlik (15,1 mlrd. AQSh dollari) asosan, ta’lim, sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligini rivojlantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarida namunaviy uy-joylar qurish kabi ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan.
Ichki imkoniyatlar cheklangan holatda, davlat tashqi qarzi, asosan infratuzilma, sanoat va qishloq ho’jaligi loyihalariga va byudjet defitsitini qoplashga yo’naltirilmoqda. Xususan, So’nggi yillar davomida tashqi manbalardan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan davlat tashqi qarzining 2020 yilning yakuni bo’yicha qarz qoldig’i jami davlat tashqi qarzining 17,5 foizi yoki 3,7 mlrd. dollar davlat byudjetini qo’llab-quvvatlashga, 12,4 foizi yoki 2,6 mlrd. dollar energetika sohasiga, 13,7 foizi yoki 2,9 mlrd. dollar elektr-energetika sohasiga, 11,5 foizi yoki 2,4 mlrd. dollar transport va transport infratuzilmasiga, 11,0 foizi yoki 2,3 mlrd. dollar uy-joy kommunal xo’jaligi sohalariga yo’naltirilgan mablag’lar hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur qarzdorliklar Davlat byudjeti hisobidan hamda qisman qarzdor korxonalarning mablag’laridan qoplanadi.
O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarzdorlik (6,0 mlrd. AQSh dollari) hisobidan energetika, transport va transport infratuzilmasi, kimyo sanoati va boshqa strategik sohalardagi yirik investitsion loyihalar moliyalashtirilgan bo’lib, ushbu qarzdorliklarni so’ndirish qarzdor korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tashqi qarzining katta qismi uzoq muddat hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan. O’zbekiston Respublikasi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag’larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi.


1-rasm. Davlat tashqi qarzi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida4
(01.01.2021 y. holatiga)


2021 yilning 1 yanvar holatiga O’zbekiston Respublikasi Davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 69,96 foizi – 14 747,5 ming AQSh dollari, 11,27 foizi – 245 816,1 ming yapon ienasi, 9,54 foizi – 1395,8 ming SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 5,16 foizi – 891,1 ming evro, 4,08 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga to’g’ri keladi. Qayd qilish kerakki, davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi ta’minlangan bo’lib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga davlat tashqi qarzining 44,0 foizi to’g’ri keladi.
O’zbekiston Respublikasining asosiy kreditor mamlakatlari Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSh, Frantsiya, Germaniya, Ispaniya, Polsha, Saudiya Arabistoni, va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to’g’ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni Hukumat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag’lari jalb etilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi oldidagi qarz majburiyatlari davlat tashqi qarzining 19,1 foizini tashkil etadi.
2-jadval
Xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan davlat tashqi qarzi qoldig’i5 (01.01.2021 y. holatiga)


Download 100.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling