Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni hal qilish yо‘llari Reja: Kirish
Kreditlar Davlat qimmatli qog’ozlari
Download 100.49 Kb.
|
курс иши Nurboboyev Alisher
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. O’zbekiston Respublikasida qarz majburiyatlarining turlari 13
Kreditlar
Davlat qimmatli qog’ozlari Qarz majburiyatlarining turlari O’zbekiston Respublikasi kafolatlari Byudjetning vaqtinchalik tafovutini qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar 1-rasm. O’zbekiston Respublikasida qarz majburiyatlarining turlari13 Davlat qimmatli qog’ozlar bozori davlatga byudjet taqchilligini moliyalashtirishning noinflatsion, noemission manbalar (ichki va tashqi qarzlar) hisobiga yangi progressiv shakllaridan foydalanish imkonini beradi. Investorlar uchun davlat qimmatli qog’ozlar bozori mablag’larni daromadli investitsiyalashga sharoit yaratadi, chunki davlat qimmatli qog’ozlari Bilan operatsiyalar bir qator soliq imtiyozlariga ega va ular moliyaviy bozorning ishonchli vositasi hisoblanadi. Davlat qimmatli qog’ozlar bozorini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi bozorlarga bo’lish mumkin. Birlamchi bozorda turli davlat qimmatli qog’ozlarining birlamchi joylashtirilishi amalga oshiriladi. Ikkilamchi bozor, asosan, birjadan tashqari bozor bo’lib, unda shaxsiy kelishuvlar asosida har qanday bitimlar tomonlarning shaxsiy va telefon bog’lanishi orqali amalga oshiriladi. Maxsus kompyuter xizmatlaridan foydalanib tomonlar keng doiradagi servis xizmatlarini taklif etuvchi elektron birjadan tashqari bozor sohasiga kiradilar. Keng rivojlangan tarmoqlar birjalar analogi kabi faoliyat yuritadi. Davlat qimmatli qog’ozlarining ikkilamchi bozorida barcha moliyaviy institutlar (bevosita yoki vositachilar orqali) faoliyat yuritadi. Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manba- larini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalari- dan biri davlatning qarz olishidir. Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga keladi. Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valutasida ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi. Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxs-lar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qi-linadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valutada ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi. Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag’larning barcha asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo’ljallangan byudjet to’g’risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak. Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas. Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika budjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar. Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari; mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari; mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar; o’tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar. Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: hukumat davlat qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi; hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi; mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi. O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi; xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi. Qarzga xizmat ko’rsatish me’yori (koeffitsienti) tashqi qarz holatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu ko’rsatkich mamlakat qarziga xizmat ko’rsatish to’lovlari foizdagi ifodasining tovar va xizmatlar eksportidan kelgan tushumlarga nisbati ko’rinishida bo’ladi. Bu ko’rsatkich davlat tashqi qarzini va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzni tavsiflaydi. Davlat tomonidan qarz faoliyatining amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subektlari oldida vujudga kelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”da davlat qarziga “davlat qarzi - davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi” deb ta’rif berilgan. Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo’linadi: davlat ichki qarzlari; davlat tashqi qarzlari. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi. Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Shunga o’xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning Davlat budjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzining ko’payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O’z- bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin: iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; davlat budjetining daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) to’g’rilash; mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish; byudjet defitsitini moliyalashtirish; tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash. Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi: qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog’ozlari; kreditlar (qisqa, o’rta va uzoq muddatli); O’zbekiston Respublikasining kafolatlari; byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo’lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo’yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag’larini jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlar emitatsiya qilinadi. Investorlarni qo’shimcha rag’batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foyda- laniladi. Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo’lgan mamlakat investorlarining o’ziga xos bo’lgan manfaatlari hisobga olinadi. Amaliyotda qarziy mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qarziy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish; ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish. Qarziy qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar davlat qimmatli qog’ozlari deb e’tirof etiladi. Davlat qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi: byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish; Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o’tkazishni ta’minlash; tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish. Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari shu mamlakatning milliy valutasida ifodalanishi va shu valutada to’la- nishi kerak. Shunga o’xshash, qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy valutada ifodalanishi va shu valutada to’lanmog’i lozim. Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag’larni jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini yurgizadi. Moliya bozorida ishtirok etish davlatga takror ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan muhim tarmoqlar (infratuzilma, uy-joy qurilishi, qishloq xo’jaligi) ni moliyalashtirish orqali moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga, ijtimoiy rivojlanishga ta’sir ko’rsatishga, iqtisodiyotni tartibga solishga imkoniyat yaratadi. Ammo asossiz va samarasiz hamda ta’minlanmagan pul mablag’larining taqdim etilishi soliq yukining oshib ketishiga, kapital chiqib ketishiga va boshqa salbiy natijalarga (iqtisodiyot to’liq beqarorlashuvigacha) olib kelishi mumkin. Ko’pchilik hollarda mamlakatning davlat qarzini barqarorlik darajasi Maastrixt mezonlari bo’yicha baholanadi: davlat qarzi YaIMga nisbatan 60 foizdan oshib ketmasligi kerak. Xalqaro tasnif asosida qabul qilingan ekspertlarning baholashlari quyidagicha bo’lishi mumkin: Mamlakat katta qarzga ega, agar: xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi YaMMning 80 foizdan oshib ketsa; xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eksportning 220 foizdan oshib ketsa. Mamlakat o’rtacha qarzga ega, agar: xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi YaMMning 48-80% doirasida bo’lsa; xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eksportning 132-220% doirasida bo’lsa. Qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli qarzlar, Xalqaro valyuta fondi oldidagi qarzdorlik kabi turlarga ajratilgan. Uzoq muddatli qarz dastlabki yoki uzaytirilgan muddati 1 yildan ortiq vaqtda qaytariladigan tashqi qarzlardir. Bu norezidentlarga tegishli xorijiy valyuta yoki xizmatlar bilan qoplanadigan majburiyatdir. Uzoq muddatli qarzlar 3 turdagi majburiyatlarni shakllantiradi: Davlat qarzi, davlat sektori, jumladan, hukumat va hukumat organlari, shuningdek, muxtor davlat tashkilotlari, korxonalar hamda boshqa tuzilmalarning tashqi qarz majburiyatlari. Download 100.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling