Bozor iqtisodiyoti. Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozor munosabatlarini amal qilishi


Bozor iqtisodiyotining nazariy asosi


Download 95.7 Kb.
bet3/10
Sana19.04.2023
Hajmi95.7 Kb.
#1367465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti

Bozor iqtisodiyotining nazariy asosi

  • Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqtisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi 

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Bozor iqtisodiyotiga o'tishning ham, uning samarali amal qilishining ham yagona va universal tamoyili yo‘q, deb aytish mumkin. Har bir mamlakatning, har bir xalqning faqat o'ziga xos bo'lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va xususiyatlari mavjud. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri ham har bir mamlakatda o'ziga xos tarzda kechadi va uning amal qilishida muayyan tafovutlar bo'lishi tabiiy. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotini tizim sifatida belgilab beruvchi bir qator tamoyillar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari xususida to'xtalib o‘tamiz

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Xususiy mulkchilikning ustuvorligi. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste'mol qilish xarakteri, asosan, mulkchilik munosabatlariga bog'liq. Mulkchilikning subyektlari va obyektlari mavjud bo'lib, uning birinchisiga davlat, jismoniy va yuridik shaxslar kiradi. Ikkinchisiga esa, ya'ni obyektlariga tabiiy resurslar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, qimmatbaho qog'ozlar, pul mablag‘lari va aqliy mehnat natijalari kiradi.
  • Mulkchilik obyektlariga egalik qilish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha bo'ladi. Rejali iqtisodiyot deb nomlanuvchi ma’muriy-buyruqbozlik tizimida mulkchilik obyektlariga, asosan, davlat egalik qiladi va xususiy mulkning ulushi juda ham kam bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa buning aksi, ya’ni mulkchilik obyektlarining aksariyat qismi xususiy mulkdorlar tasarrufida bo‘lib, davlat mulki iqtisodiyotning asosini tashkil etmaydi.

Download 95.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling