Bozor iqtisodiyoti. Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozor munosabatlarini amal qilishi


Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari


Download 95.7 Kb.
bet6/10
Sana19.04.2023
Hajmi95.7 Kb.
#1367465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • 0‘z-o ‘zini moliyalashtirish. Har qanday xo'jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy faoliyat ko'rsatar ekan, uning oldida bitta muhim vazifa turadi. Bu vazifa o‘z mustaqilligini to‘la-to‘kis ta’minlashdir. Buning uchun u o'zining xo'jalik faoliyati bilan bog'Iiq bo'lgan barcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qoplashi va olgan foydasi hisobidan o‘z taraqqiyotini amalga oshirishi kerak. O'zbekona ta'birbilan aytadigan bo'lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida Jiar kim o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak". To‘g‘ri, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mablag‘lari yetarli bo'lmagan hollarda bankdan kredit (qarz)lar olishi mumkin. Biroq bu ham „o‘z aravasini o‘zi tortish" bilan teng narsa. Chunki bankdan olingan qarzlarni qaytarish, qaytarganaa ham foizlari bilan qaytarish kerak.

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Narx-navo erkinligi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi va tamoyili hisoblangan narx-navo erkinligi shuni bildiradiki, tovar va xizmatlarning bahosi davlat tomonidan emas, balki sotuvchi bilan xaridoming o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Mamlakatimizda o'tgan asrning 90-villariga qadaramal qilgan markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida tovar va xizmatlarning bahosi, qoida tariqasida, davlat tomonidan belgilanib (voki o'rnatilib) kelinar edi. Baholar uzoq vaqt davomida amal qilar va shuning uchun tovar va xizmatlar yaratishga sarflanayotgan xarajatlarni hamma vaqt ham to'liq aks ettiravermas edi.

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Xo'jalik yurituvchi subyektlarning raqobatlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik yuritishning iqtisodiy samaradorligini ta'minlovchi, tadbirkorlikni harakatga keltimvchi kuch bu — korxonalar, firmalarva barcha ishbilarmonlar 0‘rtasidagi raqobatdir. Uni xo'jalik vurituvchi subyektlarning faoliyat ko'rsatish va yashash ucluin kurash usuli deb ham aytish mumkin. Chunki o‘z raqibidan ortda qolmaslikka, undan ko‘ra yuqoriroq obro‘-e’tiboiga va mavqega ega bo'lishga intilish pirovard natijada ko'proq foyda olislmi, yuksakroq sur'atlar bilan rivojlanishni ta'minlovchi omildir. Tadbirkorlik raqobatidayengilish, albatta, iqtisodiy jihatdan sinishni bildiradi. Shuning uchun ham, tabiiyki, hech kim raqobat kurashida yengilishni, mag'Iubiyatga uchrashni istamaydi.

Download 95.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling