Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari
Ijtimoiy sheriklikning ob’ekti
Download 17.42 Kb.
|
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MEHNAT MUNOSABATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq kelishuvlari.
- Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar.
- Jamoa shartnomasi
Ijtimoiy sheriklikning ob’ekti davlatning ijtimoiy mehnat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishdir. Ijtimoiy sheriklik jamoat shartnomalari va kelishuvlar, mehnat shartnomalari tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bosh kelishuv. U ushbu jamoa kelishuvini imzolagan sub’ektlar tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish umumiy tamoyillarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq Bosh kelishuv O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari o‘rtasida, tomonlarning taklifiga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi (48- modda). Bosh kelishuvda odatda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning mazkur davrdagi umumiy tamoyillari, xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari o‘z ifodasini topadi. Ularda shuningdek, mehnat munosabatlarini, shu jumladan, mehnatga haqto‘lashni, ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlarni muvo-fiqlashtirish tamoyillari ko‘zda tutiladi. Tarmoq kelishuvlari. Ular tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, mehnat shartlari va unga haq to‘lashni, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar guruhlarining) ijtimoiy kafolatlarini belgilaydi. Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarningtaklifiga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan ham tuziladi (49-modda). Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar. Ular hududlarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish shartlarini belgilaydi. Hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida taraflarningtaklifiga ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi (50- modda). Jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlariga oid o‘zaro majburiyatlarini qamrab oladi. Jamoa shartnomasi bir tarafdan xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‘zlari vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomalari korxonalarda ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo‘linmalarida tuziladi (35—36- moddalar). Bosh, tarmoq, hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar, mehnat shartnomalari tizimida ahdlashuvlar tuzilishida yuqori darajadagi kelishuvlarning quyidagilardagiga nisbatan ustuvorligi mavjuddir. Shuning uchun Kasaba uyushmalar va ish beruvchilar o‘zaro munosabatlarining faqat umumiy masalalarini aks ettiradigan Bosh kelishuv tuzilganga qadar tarmoq kelishuvi tuzilishi talab etiladi. Uz navbatida aniq mehnat sharoiti, unga haqto‘lash, xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishdan iborat kafolatlar belgilanadigan tarmoq kelishuvlarga hududiy (mintaqaviy) kelishuvlarda, ayniqsa mehnat shartnomalarida to‘la aniqlik kiritilishi zarur. Amaliyotda tarmoq kelishuvlari Bosh kelishuv qabul qilinmagan holda ham tuzilishi, korxonalarda esa tarmoq yoki hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar imzolanmagani holda jamoa shartnomalari tuzish hollari teztez uchrab turadi. Bunday hollarda eng asosiysi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksidagi “Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas” (5-modda) tamoyiliga qat’iy amal etishdir. Kuyi darajada tuzilgan shartnomalarda yuqori darajada qabul qilingan kelishuvlarga mos keladigan mehnat shartlari qayd etiladi yoki xodimlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan shartlar aks ettirilishi kerak. Tarmoq kelishuvlari, so‘zsiz, birinchi navbatda xodimlar manfaatlarini himoya qilish vositasidir. Lekin ular ish beruvchilarga mehnatni boshqarish asosiy vositalari (ishchi kuchi, uning qiymati, ijtimoiy to‘lovlar turlari va miqdori, boshqa masala-lar)ni o‘zaro kelishib olish va shu orqali o‘z korxonalari Download 17.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling