Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat normalarining ahamiyati va zarurligi r


Mehnat normalarining qo`llanish sohalariga qarab turlarga bo`linishi


Download 40.92 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi40.92 Kb.
#1417163
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MEHNAT NORMALARINING AHAMIYATI VA ZARURLIGI

Mehnat normalarining qo`llanish sohalariga qarab turlarga bo`linishi

Mehnatni normalash nuqtai nazaridan ishlab chiqarish jarayonini tayyorlanayotgan mahsulotga, ko‘rsatilayotgan xizmatga ketadigan vaqt sarfini ko‘paytirish jarayoni sifatida qarash mumkin. SHu munosabat bilan mehnat normalarini hisoblaganda tug‘iladigan dastlabki savol shundan iborat bo‘ladiki, qaysi ish vaqti sarflari zaruriy hisoblanadi va mehnat normasiga qo‘shilishi shart? Undan tashqari, korxonadagi xodimlar va jihozlarning ish vaqti fondlaridan samarali foydalanish darajalarini aniqlash ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarning ijobiy yechimi, birinchi navbatda, ish vaqti sarfining tasnifi yordamida topiladi. Shu asosda vaqt normasi tarkibi va undan samarali foydalanish holati ham tahlil etiladi. Ish joylarida ish vaqti ko‘p yo‘nalishlarda sarf qilinadi. Bu sarflarning ba’zilari foydali, ba’zilari esa befoyda bo‘ladi. Foydali sarflar juda murakkab strukturaga ega bo‘lib, bular ishlab chiqarishda mehnatning samardorligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ish vaqtining zoe ketishiga sabablar ham har xil bo‘ladi. Ularni bartaraf qilishga alohida yondashish kerak. Korxonalarda jami ish vaqti fondidan to‘g‘rifoydalanishni tashkil qilish muhandis, texnik, iqtisodchilar va xizmatchilarning eng muhim vazifalaridan biridir. Korxonadagi jami ish vaqti fondi deganda, bitta xodmining soat hisobida muayyan vaqt (ish kuni - smena, dekada, oy, yil) ichida foydali ish vaqti fondini ayni mana shu ishlab chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatishda ishlayotgan hamma xodimlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanishi tushuniladi. Jami ish vaqti fondini aniqlash uchun ish vaqti, ya’ni ish kuni (ovqatlanishga ketadigan tanaffus vaqtini chegirib tashlab) ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish topshirig‘ida nazarda tutilgan ish bajarilayotgan vaqtga hamda xodim u yoki bu sabablarga ko‘ra ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish bilan band bo‘lmagan tanaffus vaqtlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda ish vaqti sarfi o‘rganilayotganda – kuzatilayotganda xodimning ish vaqtini hamda jihozning ishlab turishini o‘rganish kerak. Bir muddat ichidagi ish vaqti sarfi, ijrochining ish bilan band bo‘lgan vaqti bilan hamda jihozning bekor turib kolgan vaqtini yoki buning aksini o‘z ichiga olganligi uchun va ish vaqti sarfini ham ishchiga nisbatan, ham jihozga nisbatan klassifikatsiyalarga bo‘lib, alohida-alohida qarab chiqish kerak.
Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, ish vaqti klassifikatsiyasi mehnatni tashkil etish va normalashning asosiy yunalishlardan va maqsadlaridan biridir. Mehnat normalarini hisoblashning analitik va jamlash uslublari ham shu klassifikatsiyaga suyanadi va moslanadi. Ish vaqti klassifikatsiyasi yordamida har xil korxonalarda, bo‘limlarda, uchastkalarda, ish joylarida ish vaqtidan foydalanish darajasi aniqlanadi, unga tegishli baho beriladi, ilg‘or ish usul va uslublari hamda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha imkoniyatlari aniqlanadi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan savollarga javob topishga imkoni tug‘iladi.

xulosa

Mehnat normasi muayyan sifatli mehnat o`lchovi bo`lib, u xizmat qiladigan mehnat normalarini belgilash vazifasini bajaradi. Har qanday mehnat turning tabiiy va umumiy o`lchovi bo`lib ish vaqti xizmat qiladi.
Mehnat normasi – bu normal tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiyena va ergonomik sharoitlarda talab qilinadigan darajadagi malakali xodim yoki xodimlar guruhi tomonidan ish, operatsiya, xizmat turi, vazifa birligi bajarilayotgan vaqtdagi mehnat sarfi va xarajatlarining o`zaro munosabatidagi tadbirdir.
Mehnat normalari nafaqat ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish jarayoniga fan va texnika yutuqlarini hisobga olinadi.


Download 40.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling