Bozor iqtisodiyoti va biznes
Biznes – bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi
Download 68.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES
1.2. Biznes – bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi
Biznes («business») so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, ish degan ma‘noni anglatadi. Biznes bilan mashg‘ul bo‘lgan odatda odamlar biznesmenlar, ya‘ni ishbilarmonlar deb ataladi. Li Yakokka XX asrdagi biznesning «eng buyuk qahramoni» hisoblanadi. U dastlab Genri Ford kompaniyasida ikkinchi rahbar bo‘lib ishlagan, keyinchalik esa uning raqobatchisiga aylangan va «Kraysler» avtomobil korporatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. U shunday deb yozgan: «Butun hayot bu vaqt omilidir. O‘z 11 oldingga aniq maqsad qo‘y. Qo‘lingdan kelgancha ta‘lim ol, so‘ngra Xudo haqqi, biron narsa qil». Agar biron-bir foydali ish qilinsa – bu biznesning albatta bajarilishi lozim bo‘lgan shartidir, biznesning o‘zi bozor iqtisodiyotining ishbilarmonlik asosidir. Biznes erkin shaxsning tashabbusi va ijodkorligi asosida yaratiladi. U yollanma xodimning ko‘r-ko‘rona buyruqni bajarishi, majburiy mehnat qilishiga qarshi qo‘yiladi. Biznesni harakatlantiruvchi kuch bu faollik, majburiyat, batartiblik va insonning o‘ta mehnatsevarligidir. Ushbu talablarga asoslanmas ekan, biznes yakka tarzda amalga oshiriladimi, jamoaviy tarzdami, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrashi shubhasiz. Insonni biznesmen bo‘lishga majbur qilish mumkin emas, uning uchun faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, o‘z g‘oya va ixtirolarini ishga solish uchun sharoit yaratib berish mumkin. Biznesni boshlashdan avval quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish lozim bo‘ladi: 1. Biznesning qonun va qoidalarini yaxshi bilish. 2. Etarli miqdorda boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lish. 3. O‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish. Biznes bilan faqat qo‘shnilar, do‘stlar yoki tanish-bilishlar shug‘ullanayotganligidan kelib chiqqan holda shug‘ullanish mumkin emas. Gap shundaki, biznes bu doim ham muvaffaqiyat yoki foyda keltiradigan ish emas, u biznesmen uchun ham, uning hamkorlari uchun (jamoaviy biznes hollarida) ham ma‘lum bir xavf-xatar va tavakkalchiliklar deganidir. Biznes jiddiy raqobat, o‘zaro kurash, doimiy izlanish va qarama-qarshiliklarni anglatadi. Ayrim iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikni yanglish tarzda sinonim tushunchalar deb hisoblashadi. Boshqa iqtisodichilar esa ular o‘rtasidagi farqni to‘g‘ri anglay oladilar. Garchi ular o‘rtasida «Xitoy devori» bo‘lmasada, biroq ayrim jihatlardagi farqlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Download 68.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling