Bozor iqtisodiyoti va biznes


Download 68.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi68.79 Kb.
#1837000
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES



BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES 
1.1. Bozor iqtisodi, uning tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlari 
Inson, insoniy jamiyat va iqtisodiyot bir-biridan ajralmas tushunchalardir. 
Iqtisodiyot inson yordamida, uning manfaatlari yo‘lida vujudga kelgan bo‘lib, bir 
vaqtning o‘zida ham ayrim insonlarning, ham butun jamiyatning rivojlanishiga katta 
ta‘sir ko‘rsatadi. 
Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash 
turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi ishlab chiqarishda davlatning 
roli etakchi ekanligi bilan tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo‘lib, u 
tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari uchun 
majburiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti – tadbirkorlik faoliyati, xo‘jalik hisob-
kitoblari, tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif o‘rtasida tartibga 
solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba‘zida erkin tadbirkorlik tizimi 
deb ham atashadi. Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo‘lib, bozor iqtisodiyoti 
va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg‘unlashuvi 
bilan tavsiflanadi. 
O‘tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik iqtisodiyoti o‘rniga bozor 
iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil 
shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda boshqaruv 
«yuqoridan pastga» amal qilgan bo‘lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va 
asoslanganligi ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan teskari aloqa doim ham ko‘zga 
tashlanmagan bo‘lsa, 
bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini 
tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko‘zda tutadi. Bu erda moddiy 
baza bo‘lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni 
esa yuqori foyda olish rag‘batlantiradi. 
Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo‘lsada, uch yuz 
yildan beri amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan 
bozor asta-sekinlik bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib 
bordi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash 
qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo‘lib, ularni Adam Smit o‘z 
vaqtida «ko‘rinmas qo‘l» deb atagan. 
Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki K.Marksning «Kapital» 
asarida tasvirlangan bozorga unchalik o‘xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning 
asosi sezilarli o‘zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning 
barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to‘g‘ri tushunish uchun 
narx va 
qiymat o‘rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste‘mol va ayirboshlash qiymati nima 
ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur. 
Bu erda yana bir narsaning ahamiyati bundan kam emas: tovar ayirboshlash 
sohasi sifatida bozor dinamikasi yuqori bo‘lib, barqarorlik darajasi past hamda o‘z 
agentlariga talablari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bunday sharoitlarda korxonaning 
muaffaqiyatga erishuvi yuqorida aytib o‘tilgan toifalardan tashqari bozor ehtiyojlari 
9


hamda tadbirkorlik tashabbusining mahsuldorligiga ham bog‘liq 
bo‘ladi. 
Ko‘pchilikning hisoblashicha, iqtisodiyotga bozor tartiblarini kiritishning o‘zi etarli, 
vaqtinchalik qiyinchiliklar o‘tib ketishi bilan jadal suratlarda rivojlanish boshlanadi. 
Biroq amalda bunday bo‘lishi mumkin emas. 
Germaniya, Koreya va Xitoyni esga olaylik. Bu mamlakatlar ikki qismga 
bo‘lib tashlangan hamda mamlakatning bir qismida bozor iqtisodiyoti, ikkinchi 
qismida esa rejali-taqsimot iqtisodiyoti amal qilgan edi. Bu mamlakatlarda yashagan 
odamlar millati, tili, dini va urf-odatlari bir xil bo‘lsada, ular erishgan iqtisodiy 
rivojlanish natijalari bir xil bo‘lmagan. Demak, har bir davlatning gullab-yashnashi 
uning tabiiy resurslari, jumladan, jamiyatda to‘plangan boylikdan tashqari xo‘jalik 
yuritish tizimi, iqtisodiyotni barcha miqyosda boshqarish usul va uslublariga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Rivojlangan mamlakatlar to‘plagan tajribalar shundan dalolat beradiki, 
jamiyatning gullab-yashnashiga ko‘proq bozor iqtisodiyoti mos keladi. Dunyoda 
bozor iqtisodiyoti amal qilmaydigan bironta rivojlangan davlat yo‘q. Boshqacha qilib 
aytganda, jahonda bozorsiz boy mamlakatlar yo‘q. Bozorda hamkorlar bir-birini erkin 
tanlaydilar, bu erda talab va taklif vujudga keladi hamda talab va taklif 
muvozanatidan kelib chiqqan holda narx belgilanadi. Bozorda nafaqat ishlab 
chiqaruvchi va iste‘molchining, balki ishlab chiqaruvchilarning ham mafaatlari bir-
biriga to‘qnash keladi. Keyingi holatda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarining 
to‘qnashuvi raqobat ko‘rinishida eks etadi. 
Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasi birinchi navbatda tovar bozoriga 
taalluqlidir. Biroq bozor iqtisodiyoti tarkibida bozorning boshqa turlari – tovar va 
xizmatlar bozori, kapital bozori va ishchi kuchi bozori ham mavjud. Ushbu bozor 
turlarining uchalasi bir-birini to‘ldirib turadi va yagona bozor iqtisodiyoti 
mexanizmini tashkil qiladi. Bu mexanizm samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun kamida 
ikkita shart bajarilishi lozim – malakali, mehnatsevar aholi va mos keluvchi davlat 
boshqaruvining mavjudligi. 
Shu bilan bir paytda odamlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun psixologik 
jihatdan tayyorligi ham muhim rol o‘ynaydi. Odamlarda bozorga mos xulq-atvorni 
shakllantirish va bir vaqtning o‘zida ularning ma‘naviy qadriyatlarini saqlab qolish 
bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiyot faoliyati uchun muhim zamin 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uzbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida qayd etilganidek, «bozor iqtisodiyotini 
mustahkam ma‘naviy, ma‘rifiy va madaniy asosga tayangan holda yaratish lozim. 
Yoshlarda bozor munosabatlari, hayot qadriyatlari to‘g‘risida yuzaki tasavvur paydo 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak»
1

Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 

tartibga solinmaydigan talab, ya‘ni iste‘molchilar (xaridorlar) o‘z ehtiyojlari 
va to‘lov layoqatlaridan kelib chiqqan holda nimani va qancha miqdorda sotib olishni 
o‘zlari belgilaydilar; 

tartibga solinmaydigan taklif, ya‘ni korxonalar va ularga tenglashtirilgan 
boshqa xo‘jalik subyektlari bozor talabi va resurslar imkoniyatlaridan kelib chiqqan 

I.Karimov «O`zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida». T., «O‘zbеkiston», 1995. - 142, 240-bеtlar 
10


holda chiqariladigan mahsulot nomenklaturasini (assortimentni) o‘zlari belgilaydilar; 

talab va taklifni muvozanatlovchi erkin narx hosil bo‘lishi; 

mahsulot (tovar) ishlab chiqarish va sotishda raqobat. 
Yuqorida sanab o‘tilgan, bir-birini inkor etmaydigan asosiy belgilar mavjud 
bo‘lganda bozor mexanizmi o‘zini-o‘zi tashqi muhitga moslashtirib, tartibga soladi 
va bu iqtisodiyotning samaradorligini belgilab beradi. O‘tish davri sharoitlarida 
bozorning moslashuvi bilan birgalikda iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga 
solinishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu bevosita boshqaruv shaklida ham, 
bilvosita soliq va kreditlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

uzoq muddatli, barqaror tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalar asosida 
shakllangan hamda cheklanmagan diversifikatsiya jarayonlari bilan tavsiflanuvchi 
yagona bozor makonining paydo bo‘lishi; 

bir tomondan «ehtiyojlarning ortishi», ikkinchi tomondan esa taklifning 
kengayishi; 

narxga oid bo‘lmagan raqobat usullarining narxga oid bo‘lgan usullardan 
ustun kelishi; 

raqobatlashuvchi ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda tadbirkorlar va 
yollanma xodimlar o‘rtasida ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga imkon beruvchi 
iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilgan regulyatorlari; 

tovar 
bozorlarida 
raqobatli 
munosabatlarni 
g‘irrom 
raqobat, 
iqtisodiyotning monopollashuvi va hokazolarga qarshi kurashga yo‘naltirilgan holda 
qonuniy va iqtisodiy markazlashgan tarzda tartibga solish; 

aktsiyadorlik va mulkchilikning boshqa jamoaviy shakllarini rivojlantirish 
vositasida har bir fuqaroni tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarga jalb qilish 
uchun keng imkoniyatlar yaratish. 
Bozor iqtisodiyotining yuqorida aytib o‘tilgan va boshqa bir qator xususiyatlari 
iqtisodiy 
munosabatlar 
subyektlarining 
bir 
tomondan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mustaqilligiga, boshqa tomondan esa ularning manffatlarini muvofiqlashtirishga 
asoslanuvchi erkinlik darajasini aks ettiradi. 
Biroq, bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyati shundaki, u jamiyatda 
ishlab chiqarish jarayonini demokratlashtirib, aholi bandligini oshirish va qonun 
doirasida «pul ishlab olishiga» xizmat qiladi hamda biznes va tadbirkorlik uchun 
keng yo‘l ochib beradi. 

Download 68.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling