Bozor iqtisodiyoti va biznes


Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar


Download 68.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi68.79 Kb.
#1837000
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES

Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar 
Biznes 
Tadbirkorlik 
1. Erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlashga 
intilish, faoliyatning reproduktiv xarakteri 
1. Tashabbuskorlik, uddaburronlik, 
izlanuvchanlik, ijodkorlik, serg‘ayratlik 
2. Foyda (daromad) keltiradigan ishga ega 
bo‘lgan shaxs 
2. Ishga ega bo‘lgan shaxs 
3. Kapitalga ega 
3. 
Boshlang‘ich 
kapitalga 
ega 
bo‘lmasligi mumkin 
4. Menejerlik iqtidoriga ega, doimiylikka 
intiladi, 
fikran 
va 
hatti-harakatlarda 
konservator 
4. 
Tavakkalchilikka 
moyillik, 
novatorlik, «ilohiy» iqtidorga egalik 
5. Kapitaldan daromad olish 
5. Tadbirkorlikdan foyda olish 
6. Amaliyotda ko‘proq uchraydi 
6. Amaliyotda kamroq uchraydi 
Biznes va tadbirkorlik sohalari ko‘p hollarda «kichik» iqtisodiyot deb ataladi. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, kichik biznes kelgusida yirik tadbirkorlikka, kichik 
12


tadbirkorlik esa yirik biznesga aylanishi mumkin. AQSH, Germaniya, Yaponiya va 
Koreyadagi ko‘plab avtomobil firmalari aynan shu yo‘lni bosib o‘tgan. Rivojlangan 
mamlakatlarda, ayniqsa, AQSHda ishbilarmonlar va tadbirkorlar millatning «oltin 
fondi» hisoblanishi bejiz emas, bu mamlakatlarda xalq orasida tadbirkorlik ruhining 
so‘nmasligiga alohida e‘tibor qaratiladi. 
Biznes bu avvalo ish ekanligi sababli, u amal qiluvchi sohadan kelib chiqqan 
holda qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va bank biznesi kabi turlarga taqsimlanadi. 
Ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq holda esa biznesni kichik, o‘rta, yirik va xalqaro 
biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq biznesning istalgan shakli va miqyosida ham 
uning pirovard maqsadi foyda yoki daromad olish hisoblanadi. Biznesning ushbu 
pirovard maqsadini quyidagi sxemadagi kabi aks ettirish mumkin. 
Tovar va xizmatlar, 
ularni ishlab chiqarish 
Foyda 
(daromad) 
Bizn
еsni 
rivojlantirish 
Ijtimoiy maqsadlar 
Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko‘pchilik to‘g‘ri 
tushungan va anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo‘lga 
qo‘yish, boshqacha qilib aytganda pul to‘plash yotmaydi, balki o‘ziga, oilasiga, 
butun jamiyatga foyda keltirish birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz 
ilgari o‘ylaganday, bizga o‘rgatishganday kapitalist emas, u tashabbuskor, o‘z 
faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo‘lgan shaxsdir. Bunda biznesmen 
(tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi 
muvaffaqiyatni ta‘minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi 
qonunchilik qoida va normalariga mos kelsa bo‘ldi. Bunday qonun-qoidalar 
doirasidan tashqarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, 
noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi bejiz emas. 
Hozirgi sharoitda biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari kichik biznes 
korxonalari va mikrofirmalar, qishloq xo‘jaligida esa fermer va dehqon xo‘jaliklari 
hisoblanadi. 1999 yilda ularning umumiy soni respublika bo‘yicha 150,8 mingta, 
2000 yilda 175,6 mingta, 2003 yilda 240 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yil boshida 280 
mingtaga etdi. 
Kichik biznes (KB) korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor 
kon‘yunkturasi o‘zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik 
korxonalardan farqli o‘laroq, atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta‘sir ko‘rsatadi, 
jiddiy ekologik muammolarga olib kelmaydi. Kapital sig‘imining kichikligi va 
moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik sohasi korxonalari ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash va chiqarilayotgan mahsulot assortimentini yangilashda yirik 
korxonalarga nisbatan ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi va demak, bozor talabiga 
tezroq moslashib oladi. 
Fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va 
13


asbob-uskunalar tez-tez o‘zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda 
biznes va tadbirkorlik korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan muhit 
aynan shundaydir. Boshqaruv xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko‘p 
funktsionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik 
korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo‘lishini belgilab beradi. 
Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida 
karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura 
yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori 
rivojlanishiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadilar. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi. 
Shu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YaIMdagi ulushini 
ko‘paytirish, bozor iqtisodiyotiga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish 
hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat 
tashkilotlarini xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, xususiy 
tadbirkorlarni resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish, moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish. 
Kichik tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng 
qamrovli chora-tadbirlar, xususan, tadbirkorlikni erkin faoliyat yuritishi uchun 
kafolatlarning ta‘minlanganligi, ularni davlat tomonidan ro‘yxatga olishning ixcham 
mexanizmining joriy etilishi, kredit mablag‘laridan foydalanish doirasining 
kengayishi, qulay makroiqtisodiy muhitning shakllanganligi, milliy valyuta kursi 
barqarorligi, KBning YaIMdagi ulushini o‘sishini ta‘minladi. 
Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o‘zgartirish, tadbirkorlik motivatsiyasi 
tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik 
«yuqoridan» berilgan chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning 
hayotiy ehtiyoji bo‘lishi lozim. Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni 
rivojlantirish hamda mavjud va ishlab chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan 
samarali foydalanishga yo‘naltirish muhim. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, aynan 
ishlab chiqarish yo‘nalishidagi biznes tufayli ko‘plab /arb mamlakatlari, hozirgi 
kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va 
iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan. 
Shu sababli ishlab chiqarish yo‘nalishidagi, ya‘ni oldi-sotdiga emas, balki aholi 
va jamiyat uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni rivojlantirish 
iqtisodiyotning ustivor yo‘nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo‘li milliy 
boyliklarni ko‘paytirishga xizmat qiladi. 

Download 68.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling