Bozor iqtisodiyoti va biznes


Download 267.09 Kb.
Sana27.06.2023
Hajmi267.09 Kb.
#1657087
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES


BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES
N.R. Abdurazakova
O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan qudratli davlatga aylanishi bozor iqtisodiyoti tizimini barpo etish vazifasi bilan bir davrga to’g’ri kelmoqda, ya’ni bu ikki bir-biriga uzviy bog’liq ulug’vor ishni bir tarixiy davrda uddalashdek og’ir muammoni hal qilishga to’g’ri kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, bir tomondan eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechish, yangi iqtisodiy tizimga o’tish bo’lsa, ikkinchi tomondan mamlakatni og’ir iqtisodiy ahvoldan olib chiqish, iqtisodiyotga yangi sifat berish, barqaror o’sish sur’atlari va biznes asoslarini yaratish bilan amal qilinadi. Bozor iqtisodiyotining asl ma’nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish tajribasidan voz kechib, o’zini - o’zi tartibga solish, yo’naltirishdir. Uning markazida bozorga barqaror o’sish sur’atlari baxsh etib turadigan yangi bozor mexanizmi tadbirkor inson turadi, inson omili yoki ish kuni yotadi. Boshqacha aytganda, shunday sifatdagi biznes asoslari tayyorlanishi kerakki. U o’zida hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobiy yutuqlarini bartaraf qiladigan xususiyatlarini gavdalantirgan bo’lishi kerak, ayni vaqtda bu yangi ish kuchi omili o’zida yuksak milliylik. O’z vatanini imkoniyatlaridan unumli foydalana bilish xislatlarini ham egallashi darkor.
Demak, yangi iqtisodiy tizimga o’tish, mustaqil davlat qurishni har birimizdan, birinchi navbatda, O’zbekiston taqdiri va kelajagi bo’lgan yoshlardan, ularda zamonaviy iqtisodiy tafakkur, biznes asoslari va iqtisodiy tafakkur zaminida o’zi va o’z xalqi, Vatani taqdiri uchun mas’uliyat hissini sezish yotadi. Bunga erishish vositasi biznes asoslarini egallashdir, iqtisodiy qonunlar va tushunchalar mazmunini chuqur idrok etish, bilib olishdir.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari butun bir iqtisodiy tizimdir, murakkab munosabatlar kompleksidir. Buning ma’nosi shuki, bozor munosabatlarini doimo o’rganib borish asosidagina muvaffaqiyatli xo’jalik yuritish, yuksak natijalarga erishish, o’z mulk va mablag’larimizdan eng unumli foydalanish natijasida farovon va to’q hayot kechirish mumkin, odamlarda yaxshi yashash ko’nikmalarni hosil qilish esa biznes asoslarini egallash orqaligina ta’minlanadi. Buni bozor munosabatlari asosida yashayotgan, rivojlanib borayotgan o’nlab mamlakatlar va xalqlar hayotidan ko’rib turibmiz.
To’g’ri, hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini o’rganish bo’yicha anchamuncha ishlar qilinmoqda, turli mavzularda ma’ruzalar o’qilayapti, kurslar, xilma-xil
biznes maktablar, seminarlar tashkil etilmoqda, iqtisodiy litseylar, kollejlar va sinflar
ochilmoqda. Biroq, bunday uslubiy ishlar samara bera olmaydi. Chunki, kishilarda
chuqur bazaviy iqtisodiyoti va biznes asoslari bilimi etishmaydi. Axir hanuzgacha
bizning o’rta maktablarimizda, hunar kasb bilim yurtlarimizda iqtisodiyot va biznes
asoslari ta’lim berish bilan tushuniladigan iqtisodchi pedagog kam.
Yana bir oddiy haqiqat shuki, har qanday tafakkur kabi iqtisodiy ta’limni yoshlikdan, maktabdan boshlansagina, ijtimoiy hayotda sifat o’zgarishlari, o’sish sur’atlari bo’lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda kelib bu dolzarb vazifaning bajarilishini o’z holiga tashlab bo’lmaydi, bu g’oyat katta iqtisodiy vama’naviy yo’qotishlarga sabab bo’lishi mumkin.
Ushbu vazifalarni o’z vaqtida hal etish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish kichik va o’rta biznes korxonalarining faoliyat ko’rsatishi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish hamda istiqboldagi o’zgarishi haqida ilmiy asoslangan iqtisodiy axborotlar mavjud bo’lishini talab etadi. Hozirgi vaqtda respublikada kichik va o’rta biznes korxonalarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika ta’minoti hamda kreditlar ajratish yo’nalishlari bo’yicha monitoring joriy etilgan, ular haqida ma’lumotlar muntazam umumlashtirib borilmoqda. Ammo kichik va o’rta korxonalar faoliyati samaradorligini o’rganish va ularning istiqboldagi rivojlanishini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda matematik modellashtirish asosida tadqiq qilish yo’nalishida ilmiy ishlar etarli emas. Shularni hisobga olgan holda, korxonalarning bozor muhitida faoliyat ko’rsatishi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida ifodalovchi ekonometrik modellashtirish usullarini va shu asosida ekonometrik modellar turkumini ishlab chiqish muhim va dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Ushbu «Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari» o’quv dasturini yaratishda ijtimoiy fanlarni o’rganishda tadbiq etiladigan uslublar, shuningdek, iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot va boshqa fanlarni o’rganishning ilmiy tahliliy uslublari qo’llaniladi.
Ushbu fan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, litsey o’quvchilariga mo’ljallangan va respublikada ko’zga ko’ringan olimlarning iqtisodiy asarlaridan foydalanilgan.
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 267.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling