Bozor iqtisodiyotiga o`tish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizimlari


Download 16.96 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2023
Hajmi16.96 Kb.
#1079453
  1   2   3   4
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisod


Bozor iqtisodiyotiga o`tish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizimlari

  • Davlat jamiyatning muhim institutsional tashkiloti hisoblanadi. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasida “davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalaridni hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo’lgan hukmron tuzilma. Davlat jamiyatni o’z qonun-qoidalariga ko’ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi”.

  • Davlatning umum e’tirof etilgan belgilari quyidagilardan iborat:

  • -davlat o’z chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo’yicha birlashgan butun jamiyat, aholisining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi;

  • -davlat suveren hokimiyatning yagona egasidir;

  • -davlat yuridik kuchga ega bo’lgan va huquq normalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul qiladi;

  • -davlat o’z funktsiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm ( mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari – sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, o’z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va havfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda havfsizlik organlariga ega bo’ladi

  • Adam Smit 18-asrning ikkinchi yarmidayoq davlatning asosiy majburiyatlari doirasini belgilab berdi:

  • - birinchidan, jamiyatni kuch ishlatish va boshqa mustaqil jamiyatlarning bostirib kelishidan himoyalash;

  • - ikkinchidan, imkon qadar, jamiyatning har bir a’zosini adolatsizlikdan va uning boshqa a’zolari tomonidan jabrlashdan himoyalash yoki yaxshi adolat hukmini o’rnatish;

  • - uchinchidan, ularni barpo etish va saqlab turish alohida shaxslar yoki kichik guruhlar manfaatlari yo’lida amalga oshirilmaydigan muayyan ijtimoiy inshootlar va ijtimoiy muassasalarni barpo etish va saqlab turish, chunki ulardan keladigan foyda hech qachon alohida shaxslar yoki kichik guruhlarga xarajatlarni to’lay olmaydi, lekin ko’pincha xarajatlarni katta jamiyatga ortiqcha to’lashi mumkin

Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling