Bozor iqtisodiyotiga o`tish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizimlari


Download 16.96 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2023
Hajmi16.96 Kb.
#1079453
1   2   3   4
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisod

:


  • Davlat ishlab chiqaruvchi vosita sifatida bozor mexanizmi ishlabchiqarishni ta’minlay olmaydigan jamoat ne’matlarini o’zi ishlabchiqarishni tashkil etadi.7 Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning eng umumiy funktsiyalari quyidagilardan iborat8:

  • - mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish;

  • - axborot bilan almashish tarmoqlarini, ya’ni rivojlangan axborot infratuzilmasi barpo etish;

  • - o’lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish.Ular jumlasiga almashinadigan tovarlar va xizmatlar miqdori va sifatini o’lchash standartlarini, shuningdek, davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham kiradi;

  • - tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini,ya’ni bozor infratuzilmasini barpo etish;

  • - huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish;

  • - sof ijtimoiy farovonlikni yaratish (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog’liqni saqlash va ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish)

Davlatning iqtisodiy siyosatini qo’llash sohalari quyidagilardan iborat:


  • Davlatning iqtisodiy siyosatini qo’llash sohalari quyidagilardan iborat:

  • 1) Iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar sohasidagi siyosat.Bunda iqtisodiy hayotdagi davlat va xo’jalik sub’ektlari hatti-harakati normalari bo’yicha uzoq muddatli ijtimoiy kelishuv to’g’risida so’z boradi.

  • 2) Iqtisodiy tartib o’rnatish siyosati, ya’ni xususiy shaxslar, firmalar, institutlar faoliyati, raqobatni himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solish va savdoni rivojlantirishning mumkin bo’lgan miqyoslarini belgilovchi tartib-qoidalarni o’rnatishga qaratilgan siyosat;

  • 3) Integratsion va tashqi siyosat- bu hududlararo bozorlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir;

  • 4) Xo’jalik jarayonlariga ta’sir ko’rsatish siyosati-bu jami talab va jami taklifga ta’sir etish, ular o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash, pul va fiskal siyosatlarni amalga oshirishdir.

  • 5) Iqtisodiy o’sish siyosati va tarkibiy siyosat iqtisodiy o’sishga to’siqlarni bartaraf etishga va ishlab chiqarish potentsialining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir;

  • 6) Atrof muhitni muhofaza qilish siyosati.

Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling