Bozor iqtisodiyotiga o`tish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizimlari
Download 16.96 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning iqtisodiy siyosatini qo’llash sohalari quyidagilardan iborat
:Davlat ishlab chiqaruvchi vosita sifatida bozor mexanizmi ishlabchiqarishni ta’minlay olmaydigan jamoat ne’matlarini o’zi ishlabchiqarishni tashkil etadi.7 Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning eng umumiy funktsiyalari quyidagilardan iborat8: - mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish; - axborot bilan almashish tarmoqlarini, ya’ni rivojlangan axborot infratuzilmasi barpo etish; - o’lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish.Ular jumlasiga almashinadigan tovarlar va xizmatlar miqdori va sifatini o’lchash standartlarini, shuningdek, davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham kiradi; - tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini,ya’ni bozor infratuzilmasini barpo etish; - huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish; - sof ijtimoiy farovonlikni yaratish (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog’liqni saqlash va ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish) Davlatning iqtisodiy siyosatini qo’llash sohalari quyidagilardan iborat:Davlatning iqtisodiy siyosatini qo’llash sohalari quyidagilardan iborat: 1) Iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar sohasidagi siyosat.Bunda iqtisodiy hayotdagi davlat va xo’jalik sub’ektlari hatti-harakati normalari bo’yicha uzoq muddatli ijtimoiy kelishuv to’g’risida so’z boradi. 2) Iqtisodiy tartib o’rnatish siyosati, ya’ni xususiy shaxslar, firmalar, institutlar faoliyati, raqobatni himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solish va savdoni rivojlantirishning mumkin bo’lgan miqyoslarini belgilovchi tartib-qoidalarni o’rnatishga qaratilgan siyosat; 3) Integratsion va tashqi siyosat- bu hududlararo bozorlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir; 4) Xo’jalik jarayonlariga ta’sir ko’rsatish siyosati-bu jami talab va jami taklifga ta’sir etish, ular o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash, pul va fiskal siyosatlarni amalga oshirishdir. 5) Iqtisodiy o’sish siyosati va tarkibiy siyosat iqtisodiy o’sishga to’siqlarni bartaraf etishga va ishlab chiqarish potentsialining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir; 6) Atrof muhitni muhofaza qilish siyosati. Download 16.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling