Bozor iqtisodiyotini rivojlanishinishi va O’zbekistonga kirib kelishi Rustamova Dilsaboxon Djurayevna


Download 21.65 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi21.65 Kb.
#1645607
  1   2   3
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti


Bozor iqtisodiyotini rivojlanishinishi va O’zbekistonga kirib kelishi
Rustamova Dilsaboxon Djurayevna
TMI Andijon fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari” Kafedrasi mudiri, i.f.n.
Sheraliyev Islombek Ravshanbek o’g’li
TMI Andijon fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalari“ yo’nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Bozor iqtisodiyoti” ning kelib chiqishi uning turli salbiy va ijobiy tomonlari va O’zbekistonning mustaqillik yillarida uni joriy qilinishi naqadar zarur bo’lganligi va bu borada olib borilgan ishlar haqida hamda bu tizimga asta sekinlik bilan otilayotgani, bu borada birinchi Prezidentimizning tutga yo’li va uning hozirgi kundagi natijalari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: sotsialistik, bozor iqtisodiyoti, revolyusion xamda evolyusion, o’zbek modeli, tabaqalanish, iqtisodiy tartibsizliklar, yovvoyi, madaniylashgan, bozor infratuzilmasi, Yangi O’zbekiston.
Kirish
O’zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgust kundan mustaqil deb e’lon qilnishi va sobiq CCCR tarkibidan chiqishi bilan albbat ichki va iqtisodiy mustaqillikka erishdi. Bu bilan birinchi Prezidentimiz I.A.karimov oldida O’zbekiston Respublikasini iqtisodiyotini butunlay inqirozga yuz tutga va rivojlanishga salbiy ta’sir qiluvchi “Sotsialistik” yani rejali buyruqbozlik tizimidan chiqarib dunyo tajribasida sinalgan va muvaffaqqiyatli deb topilgan butunlay yangi tizim bo’gan “Bozor iqtisodiyoti” iqtisodiyotiga o’tkazishdek muhim vazifa turgan edi. Bu yo’l albatta xalqimiz uchun sinovli kunlarni boshidan o’tkazishi va sabr qilibgina ko’zlangan maqsadga erisha olishini anglatar edi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov oldida “Bozor iqtisodiyoti”ga o’tish uchun rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ikki yo’l turar edi. Bular “Revolyusion xamda Evolyusion” (1) yo’llari bo’lib bunda Revolyusion yo’lda katta to’ntarishlar qilish orqali davlatni rivojlantirish usuli, bu yo’l har doim ham o’z samarasini bermaydi. Evolyusion yo’lda esa asta sekinlik bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li xosoblanadi. Albatta Islom Karimov evolyusion yo’lni tanladi va bu yo’l asosida butun dunyoga zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o’tishda “O’zbek modeli”ni taqdim qila oldi. Bu borada fikr bildirar ekan albatta bozor iqtisodiyotini hozir biz ko’rib turgan darajaga olib chiqish oson kechmadi va bu rivojlanish va o’zgarishlarga bir fundament vazifasini bajargan “Bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoili” tizimi mukammal tuzilganiga yana bir bor amin bo’lamiz. Shu bilan bir qatorga mustaqillik yillarida I.A.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tishda shunday so’zlarni takidlab o’tadiki “ Bu tizimga o’tish hech qachon oson va silliq kechmaydi. Uning shakllanib borishida uzoq va chuqur inqirozlar, ishsizlikning o’sishi, infilatsiya, ko’plab korxonalar sinishi, bankrot bo’lishi, ijtimoiy tabaqalanishlar, turli jinoyatlarning o’sishi kabi holatlar kuchayadi” albatta bu holatlarni hozirgi kunga qadar kuzatdik va bunday ko’rsatkishlar hozirda kamayib O’zbekiston ham to’liq bozor iqtisodiyotiga sezilarli darajada tezlik bilan o’tayotgani insonni beixtiyor hursand qiladi.

Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling