Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan [
Download 14.03 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
1-savol Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan [ iborat bo‘ladi: narx, raqobat, talab va taklif. Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun u, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar, o‘z navbatida, narxlardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 2-savol Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z echimiga ham ega. Bular quyidagilar: 1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. 2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur 3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. 4. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta‘minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi. 5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi. 3-savol Respublikamizda xususiylashtirish jarayonining hozirgi bosqichdagi yo‘nalishlari islohotlarni chuqurlashtirish talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu avvalo, kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qarati-lishi zarur. Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi ichki mahsulotini shakllanti-rishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, milliy farovonlikka erishishining muhim omili ham bo‘lishi darkor. Download 14.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling