Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari


Download 54.08 Kb.
bet3/8
Sana12.11.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1767743
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI (2)

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo'lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo’ladi:
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o'zaro aloqasi va o'zaro bogMiqligi yanada kuchayadi;
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xo'jalik birliklarining mayda bo’laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to'planuvi jarayoni o'sadi;
turli iqtisodiy mintaqalar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo'naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha davlatning faoliyati tushuniladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi to'g'risida to'laroq tasawurga ega bo'lish uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to'laroq tavsiflash lozim. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash hamda uni o ‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan, bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo'ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug'diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2) resurslarni qayta taqsimlash;
3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o ‘z zimmasiga oladi.

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling