Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli
Download 54.08 Kb.
|
DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- Tortinchidan
- Beshinchidan
Birinchidan, davlat o'ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o'zini-o'zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo'lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo'lmaydigan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta ’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni . misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug'diradi. Bu oqibatlar bevosita uchinchi tomon manfaatida aks etadi va demak, kishilaming alohida guruhi hamda umuman jamiyat manfaatiga ta ’sir qiladi. Masalan, chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ishlab chiqaruvchi uchun) foydali, atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa, boshqa kishilar uchun qo'shimcha salbiy oqibatga ega. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo'shimcha ijobiy samarani rag'batlantirishga va aksincha, salbiy samara bilan bog'liq faoliyatni tartibga solishi hamda cheklashga harakat qilishi zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro'y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini obyektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha, sog'liqqa salbiy ta ’sir ko'rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o'z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari uchun yuqori aksiz (egri) solig'ini o'rnatib, bir tomondan o'zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi. To'rtinchidan., davlat o'z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to'lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bozorning - milliy boylikni ijtimoiy-adolatli taqsimlashni ta ’minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta ’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g'amxo'rlik qilishi, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko'rsatish va shu kabilami o'z zimmasiga oladi. Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi. Download 54.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling