Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli


Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari


Download 54.08 Kb.
bet7/8
Sana12.11.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1767743
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI (2)

Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari
≪Daromad≫ iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko'rsatkich bo'lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki daromad bir vaqtning o'zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag'larini, natural ko'rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalami ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo'lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o'rin tutadi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko'rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “ Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan:

Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagibarcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko'rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o'z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo'jaliklarining o'z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo'ladi.


Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo'lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad — aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarning pul ko'rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad - shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to io v summasiga kam bo’ladi.
Real daromad — narx darajasi o'zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida boMgan daromadga sotib olish mumkin boMgan tovar va xizmatlar miqdorini ko'rsatadi, ya’ni daromadning xarid quwatini bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo'yicha to'lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o'zining etakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko'rsatkichlari tizimi o'z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1.Tug'ilish va o'lish darajasi hamda boshqa demografik ko'rsatkichlar.
2 .Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
3.Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4.Turar joy sharoitlari.
5.Ma’lumot va madaniyat.
6 . Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7.Aholining daromadlari va xarajatlari.
8 .Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9 .Transport vositalari.
10. Dam olishni tashkil etish.
11. Ijtimoiy ta’minot.
12. Inson erkinligi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta ’minlangan yoki boy” qatlamining mavjud bo'lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli boMgan juda oz miqdori kiradi. AQShda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi. Turmush darajasi kishilaming turmush tarzi bilan uzviy bog’liq.
Turmush tarzi — bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:
mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
turmush va bo'sh vaqtdan foydalanish shakllari;
siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
-m o d d iy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
-kishilaming kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig’idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig'ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig'ida esa, bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo'luvchi) OE chizig'ida ifodalangan bo'lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko'rsatadi.
Shuningdek, nazariy jihatdan mutlaq tengsizlikni ham ajratib ko'rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hech qanday daromadga ega bo'lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega boMadi. Chizmadagi 0FE siniq chizig’i mutlaq tengsizlikni ifodalaydi.

Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko'proq qo'llaniladigan ko'rsatkichlaridan bir dizel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko'rsatkich 10 foiz eng yuqori ta ’minlangan aholi o'rtacha daromadlari va 10 foiz eng kam ta’minlanganlar o'rtacha daromadi o'rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1 ga, Shvetsiyada esa, 5,5:lga teng. Yalpi daromadning aholi guruhlari o'rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko'rsatkichi qo'llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig'i bilan mutlaq tenglik chizig'i o'rtasidagi yuzaning OFE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko'rsatkich qanchalik katta bo'lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo'ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib boi^ganda bu ko'rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa, 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bulaming asosiylari quyidagilar:
kishilaming umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o ‘rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling