Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli


Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari


Download 54.08 Kb.
bet4/8
Sana12.11.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1767743
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI (2)

Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
bevosita ta ’sir qilish usullari;
bilvosita ta ’sir qilish usullari;
tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo'lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta ’sir qilish usullari ustun bo'lsa, bozor iqtisodiyoti esa, birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog'langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan, quyidagi uch yo'l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog'ozlar bilan tovon to'lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat byudjeti mablagMari hisobiga yangi korxonalar,ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlami barpo etish;3) davlat tomonidan xususiy korporasiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.Hozirda so‘nggi uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda.
Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar bfradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o ‘z ichiga oladi.
Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to ‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta ’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish mumkin:

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling