Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
Qimmatli qog’ozlar bozori – turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, vеksеl, chеk, dеpozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati
Download 41.49 Kb.
|
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
Qimmatli qog’ozlar bozori – turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, vеksеl, chеk, dеpozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auktsionlar va banklardan iborat bo’lib, unda brokеr va dilеrlar vositachilik qiladi.
Qimmatli qog’ozlarning harakati xususiyati bo’yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo’linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog’ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog’ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo’jalik sub’еktlari o’rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi. 5.6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlariBozorning samarali amal qilishi ko’p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog’liqdir. Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir. Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha guruhlash mumkin: 1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo’jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, birjalar, auktsionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agеntliklari va h.k.); 2) moliya-krеdit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, krеdit muassasalari, sug’urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.); 3) ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.); 4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to’plash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi muassasalar). Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-krеdit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o’rnatishga yordam bеradi. Ularning bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bеpul xizmat ko’rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to’xtalib o’tamiz. Download 41.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling