Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari


- rasm. Bozor narxining ikki tomonlama


Download 223 Kb.
bet4/14
Sana14.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1196848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 mavzu

2.1. - rasm. Bozor narxining ikki tomonlama
tabiati.
tomondan u mahsulotni sotib olish uchun xaridor to’lashga qodir bo’lgan pul miqdorini ifodalaydi (2.1- rasmga qarang).
2.1.-rasmdan ko’rinib turibdiki, tovarning bozor narxi uning taklif (sotuvchi) bahosi va talab (xaridor) bahosining uyg’unlashuvi natijasida yuzaga keladi va bozor iqtisodiyotini boshqarish vositasi sifatida xizmat qiladi.


2. Bozor narxining ichki tuzilishi

Tovar va xizmatlarning bozor narxi o’zining ichki tuzilmasiga ega bo’lib, u to’rtta qatlam: qiymat, tannarx, naflik va foydalilikdan iborat (2.1- rasm).


Qiymat - bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat miqdoridir. Vil'yam Pettining ta`biriga ko’ra, qiymat tovarning tabiiy narxi ifodasidir.
Tovar va xizmatlarning qiymati ularni yaratishga sarflangan mehnat vaqti (ishlatilgan kishisoat, kishikun) bilan o’lchanadi. Masalan, korxona ikki tur mahsulot ishlab chiqarib, birinchisini yaratishda 3 soat va ikkinchisini ishlab chiqarishda 6 soat mehnat sarfladi. Mahsulotning ikkinchi turini ishlab chiqarishga ikki marta ko’proq mehnat sarflanganligi sababli uning qiymati (tabiiy narxi) birinchisidan ikki barobar ortiq bo’ladi.
Mehnat miqdorini vaqt o’lchamida aniqlashda uning jonli va buyumlashgan shakllari hisobga olinadi. Agar tayyor mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingiga sarflangan korxonadagi ishchi-xodimlarning ishchi kuchi va ishbilarmonlik qobiliyatining sarfi jonli mehnatga kirsa, bu jarayonda foydalaniladigan jihozlar, xom ashyo, transport vositalari, shuningdek, boshqa asosiy va aylanma vositalarni yaratishga sarflangan mehnat miqdori buyumlashgan mehnat ko’lamini tashkil qiladi. Ya`ni jonli va buyumlashgan mehnat sarfi natijasida tovar va xizmatlarning iste`mol hamda ayirboshlash qiymatlari yaratiladi.
Marketing tizimida mehnatning yangi falsafasi shakllanadi. Unga ko’ra birlamchi konkret mehnat (dehqonning, nonvoyning, o’qituvchining mehnati) va ikkilamchi abstrakt mehnat (ishlab chiqaruvchining muskul, asab va aqliy quvvatining sarflanishi) mavjud. Dastlab



















Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling