Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari


Download 223 Kb.
bet7/14
Sana14.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1196848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2 mavzu

3) real nafliligi - tovar xaridorga ma`qul bo’lib, uni sotib oladi va iste`mol qilishdan keyin uning ehtiyoji to’liq qondiriladi.
Tovarni yaratish jarayonida ishlab chiqaruvchi iste`molchining didi va ehtiyojiga mos iste`mol qiymat yaratishi kerak.
Albatta, ishlab chiqaruvchini qiziqtiradigan narsa tovarning real nafliligi emas, balki uni sotishdan qo’lga kiritadigan foydadir. Ya`ni tovar real naflilik bilan bir qatorda nominal foydalilikka ham ega bo’lishi kerak.
"Nominal foydalilik" deganda biz ne`matning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisiga foyda keltirish imkoniyatlarini tushunamiz. Uning manbasini mazkur ne`matning ijtimoiy vazifalarini bajarishdan kelib chiqadigan o’ziga xos naflilik (foydali samara) yaratishda qatnashadigan tovar ishlab chiqaruvchi, bozorshunoslar, menejerlar va tijorat vositachilarning abstrakt mehnati tashkil etadi. Boshqacha aytganda, nominal foydalilik abstrakt mehnat timsolidir. Abstrakt mehnat mahsuli sifatida tovar ayirboshlanuvchanlik xususiyatga ega bo’ladi. Bu mehnatning sarfi tovar narxida qiymat va tannarx orqali o’z ifodasini topadi. Foyda miqdori esa mahsulotning bozor narxi va tannarxining farqi natijasida shakllanadi. Foyda miqdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda, xarajatga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi.
Ya`ni, bozor iqtisodiyoti sharoitida inson iqtisodiy resurs sifatida bir tomondan mehnat jarayonida o’z mehnat qobiliyatini ro’yobga chiqarib real naflik yaratsa, ikkinchi tomondan u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib o’z tadbirkorlik qobiliyatini ro’yobga chiqarish evaziga nominal foydalilikka ega bo’lgan tovarni yaratadi.


3. Bozor narxining o’ziga xos xususiyatlari

Narx bozor tizimida quyidagi xususiyatlarga ega (2.3.-rasmga qarang):


Birinchidan, narxning tovar bilan uzviy bog’lanuvchanligi. Narx doimo tovar va xizmat bilan birgalikda amal qiladi. Tovar va xizmat yo’q joyda uning qiymati, tannarxi va narxi ham bo’lmaydi. Narx tovar birligi uchun (kilo, metr, litr, dona) aniq va ravshan belgilanadi.
Ikkinchidan, narxning daromad keltiruvchanlik qobiliyati. Narx marketing unsurlari orasida yolg’iz daromad keltiruvchi unsur hisoblanadi. Uning tovar, tijorat va robita unsurlari esa sarf-xarajatlar bilan bog’liqdir.
Uchinchidan, bozor narxining o’zgaruvchanlik xususiyati. Narx bozorning talab va taklif unsurlari o’rtasida joylashgan bo’lib, ularni o’zaro bog’lovchi vosita sifatida turli omillar ta`sirida doimo o’zgarib turadi.
To’rtinchidan, savdolashuv vositasi. Sotuvchi foydasini ko’zlagan holda tovarni muayyan narxda sotishni taklif etadi. O’z navbatida xaridor o’xshash tovarlarning narxlarini aniqlab, ularni taqqoslagandan keyin xarid bo’yicha qaror qabul qiladi. Siz bozor rastalarida yurib yoki savdo do’koniga kirib kerakli tovar mahsulotlarini ko’zdan kechirasiz. Ma`qul tovarni tanlab, sotuvchidan uning narxini so’raysiz-da, savdolashuv orqali xaridingizni amalga oshirasiz.
Beshinchidan, sifat ramzi. Xaridor tovar narxining uning sifatiga muvofiqligi haqida ishonch hosil qilgan holda xaridni amalga oshiradi. Shuning uchun narx va sifat o’rtasida muvozanat bo’lishi kerak. Yaxshi tovarga yuqoriroq narx belgilanadi, arzon narxda sotiladigan tovarlarning sifati esa odatda pastroq bo’ladi. "Men boy emaski, arzon narsalarni sotib olsam" degan ibora tovarning narxi va sifati o’rtasidagi bog’liqlikning ifodasidir. Kambag’al odam ozgina qimmatroq, lekin sifatli, chidamli, yaxshi mahsulotlarni sotib olganda mablag’larini tejashi mumkin bo’ladi. Bir xil tovar mahsulotni Dubay shahridan bir narxda, Toshkentning Otchopar bozoridan ikkinchi narxda va Buxoro shahridagi Karvon bozoridan uchinchi bahoda sotib olish mumkinki, bu narx sathlari uning ko’p pog’onalilik-xususiyatidan dalolat beradi.
Oltinchidan, bozor narxlarining ko’p pog’onaliligi. Marketing tizimida narxning quyi va yuqori pog’onalari mavjud. Tovarning hayotiylik davriga, sotiladigan joyiga, xaridorlarning turiga, savdolashuvning faolliligiga qarab bir xil tovar turli narxlar bilan bozorda taklif etiladi. Bunday narx o’rnatilishiga ularning ko’p pog’onalilik xususiyati asos bo’ladi. Agar narxning quyi pog’onasini xarajatlar belgilasa, uning yuqori pog’onasini talab darajasi tashkil etadi. Bu oraliqda turli darajadagi narxlarni xaridorga taklif etish mumkin bo’ladi.





















Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling