Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari


Narxning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi asosiy vazifalari


Download 223 Kb.
bet9/14
Sana14.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1196848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 mavzu

4. Narxning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi asosiy vazifalari

Narx vazifalari - narxlarning barcha turlariga mansub bo’lgan mazkur atamaning eng umumiy xossalarini tavsiflaydi va xo’jalik yuritish mexanizmidagi mohiyati, ahamiyati va o’rnini belgilaydi. Narx bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi vazifalarni bajaradi (2.3.- rasmga qarang).


1. Hisob-kitob vazifasi. Bu vazifa qiymatni pulda ifodalash qobiliyatiga ega bo’lgan narxning mohiyatini aniq belgilaydi. Jismoniy birliklarda ifodalangan tovarlarning miqdori va sifatini qiymat ko’rsatkichlarga o’tkazish evaziga narx ishlab chiqarish resurslari va tovar ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlarni hisobga olish mumkin. Tovarning amaldagi bozor narxi bo’yicha ishlab chiqarish rentabelligi, mehnat unumdorligi, fond sig’imi, kapital qo’yilmalar hajmi, tovar aylanmasi hajmi, mahsulot hajmi va boshqa ko’rsatkichlar haqida ma`lumot berish mumkin. Faqat baho ifodasida makroiqtisodiy, tarmoq va aniq korxona ko’rsatkichlarini aniqlash imkoniyati vujudga keladi. Narxning hisob-kitob vazifasi iqtisodiy axborotlarni tarqatuvchi sifatida iqtisodiy tahlil, prognozlash va rejalashtirish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot manbasi sifatidagi narxlar reklama yoki mahsulotning narx ko’rsatkichi orqali xaridorlarga tegishli ma`lumotlar berib turadi. Bu narx ma`lumotlari iste`molchilarning talabini shakllantirishga bevosita ta`sir qiladi. Masalan, siz bozorga borsangiz, dehqonlarning mahsulot rastalarini aylanib o’tayotganingizda, ko’zingiz kerakli mahsulotga tushsa, birinchi navbatda sifatiga ahamiyat berasiz, ikkinchi navbatda narxini so’raysiz. Agar mahsulot narxi ko’nglingizdagidek bo’lsa, xarid bo’yicha "Men boy emaski, arzon narsalarni sotib olsam" degan qaror qabul qilasiz.
Hisob-kitob jarayonida narx iqtisodiy majburiy mehnat sarfini to’g’ri aks ettirishi lozim, faqat shundagina ular bu tovarning jamiyatga qanchaga tushishini va shu orqali ishlab chiqarishning samaradorligini aniqlash mumkin bo’ladi. Narx faqatgina ijtimoiy majburiy mehnat sarflarini ifodalabgina qolmay, balki mahsulot realizatsiya qilinadigan shartlarni ham ko’rsatadi. Bu shartlar narxlarning ijtimoiy majburiy mehnat sarflaridan naqadar farqlanishiga ta`sir qiladi. Agarda narx ijtimoiy majburiy mehnat sarflaridan yuqori bo’lsa, ishlab chiqaruvchi tovar mahsulotni realizatsiya qilgandan so’ng nafaqat sarf-xarajatlarni qoplaydi, balki ma`lum miqdordagi foydaga ham ega bo’ladi.

Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling