2. Narxni rag’batlantirish vazifasi turli tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste`mol qilishga rag’batlantiruvchi mukofot yoki qisqartiruvchi ta`sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi. Narx orqali fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish, xarajatlarni qisqartirish, mahsulot sifatini yaxshilash, iste`mol va ishlab chiqarish tarkibini o’zgartirish, raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Rag’batlantirish narxda foyda me`yorini, ustama bahoni, tashlanmalarni turli daraja va shakllarda taklif etish yo’li bilan ta`minlanadi.
Narxni rag’batlantirish vazifasi ma`lum miqdorda ishlab chiqarishga ta`sir etadi. Ba`zi narxlar korxonani ma`lum turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga qiziqtirsa, boshqalari esa eski turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan to’xtatishga majbur qiladi. Bu vazifani korxonalar tomonidan amalda qo’llashning qiyinchiligi shundaki, jamiyat va korxonalarning iqtisodiy manfaatlarini shunday muvofiqlashtirish kerakki, narxlar jamiyatga kerakli bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag’batlantirsin.
3. Narxni taqsimlash vazifasi bozor omillari ta`sirida tovar narxi va uning qiymati o’rtasida vujudga keladigan farq bilan bog’liqdir. Narxlar milliy daromadni iqtisodiy tarmoqlar, hududlar, jamg’arma va iste`mol fondlar, turli ijtimoiy qatlamlar, mulkchilikning turli shakllari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Masalan, avtomobillar, alkogol ichimliklar va tamaki mahsulotlari narxlarini davlat tartibga solib, ularni xarajatlarga nisbatan yuqoriroq darajada saqlaydi. Ularni
2.3. -rasm. Narx vazifalarining tasniflanishi
NARXNING VAZIFALARI
H I S O B – K I T O B V A Z I F A S I
Xarajatlar hisob-kitobi
Rentabellik darajasining hisob-kitobi
Foyda hisob-kitobi
Kapital qo’yilmalarning hisob-kitobi
Tovar aylanmasi hajmining hisob-kitobi
Yalpi ichki mahsulotning hisob-kitobi
Mahsulot hajmining tabaqalashtirilgan hisob-kitobi
Mehnat unumdorligining hisob-kitobi
Fond sig’imining hisob-kitobi
Do'stlaringiz bilan baham: |