Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari


Ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish mezoni sifatidagi narx vazifasi


Download 223 Kb.
bet13/14
Sana14.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1196848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 mavzu

5. Ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish mezoni sifatidagi narx vazifasi. Narx mexanizmi orqali foyda me`yori qaerda yuqori bo’lsa, o’sha yerga iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga kapital ko’chib boradi. Hozirgi sharoitda bu jarayonni amalga oshirishda marketing tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadqiqotlar natijasida bozor narxlarining o’zgarishlari o’rganiladi. Shuningdek, kapital qo’yilmalar uchun ob`ektlarni tanlashda ishlab chiqarish va sotish davrining davomiyligi va inflyatsiya darajasini inobatga olish kerak. Ishlab chiqarishni oqilona joylashtirishda raqobat natijalarini ham hisobga olish darkorki, bunda narxlar muhim o’rin tutadi.
6. Narxning o’lchov va taqqoslash vazifalari tovar mahsulot va xizmatlarga sarflangan mehnat, xom ashyo, materiallar miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi. Narx orqali xaridor to’lashi kerak bo’lgan va sotuvchi tovarni sotishdan oladigan pul miqdori o’lchanadi. Tovar va xizmatlarning narxi hamda sotiladigan va sotib olinadiganlar miqdorini bila turib to’lov summasini o’lchash mumkin.
Narxning bu vazifalari foyda andozasi va daromad summasini hamda moliyaviy xarajatlarni o’lchashga imkoniyat berib, korxonaning baho siyosatida muhim ahamiyat kasb etadi. Turli tovarlar narxini o’zaro solishtirish qiymat tovarlarni aniqlash imkoniyatini ham beradi. Mazkur vazifa mahsulot sifati va uning iste`mol xossalari haqida axborot beradi. Bozor sharoitida narx iste`molchi uchun tovar nafliligini ifoda etishini inobatga olsak, unda narxlarning o’zaro nisbati bo’yicha turli tovarlarning nafliligi to’g’risida fikr yuritish ham mumkin.


Tayanch iboralar


Narx
Bozor narxi
Taklif bahosi
Talab bahosi
Qiymat
Tannarx
Naflilik
Nafsizlik
Nominal naflilik
Real naflilik
Foydalilik
Bozor narxlarining ko’p pog’onaligi
Taklif funksiyasi
Talab funksiyasi
Muvozanatlashgan narx
Narx vazifalari
Narxning hisob-kitob vazifasi
Narxning rag’batlantirish vazifasi
Narxning taqsimlash vazifasi
Narxning talab va taklifni moslashtirish vazifasi
Narxning o’lchov va taqqoslash vazifasi.

Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling