Bozor risklarini baholash usullari. Kredit to’lovlari. Valyuta riski va uning yuzaga kelish sabablari


Download 52.49 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi52.49 Kb.
#1059868
  1   2   3
Bog'liq
moliya


Reja:

  1. Bozor risklarini baholash usullari.

  2. Kredit to’lovlari.

  3. Valyuta riski va uning yuzaga kelish sabablari.


Bozor risklarini baholash usullari
Bugungi kun amaliyotida bozor risklarini tahlil qilishda bir qancha usullardan foydalaniladi. Jumladan:

      • ekspert baholash usuli;

      • “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli;

      • qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli;

      • Monte-Karlo usuli.

Biz ko‘proq ushbu rejamizda “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulini o‘rganishga harakat qilamiz.
Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulidan ikki sababga ko‘ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar uchun “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo‘lgan vaziyatlarda qo‘l keladi. “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli firma ishlab chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Xo‘sh, mahsulotning zararsizlik miqdori nimani anglatadi? Zararsizlik miqdori firma daromadlarining(yoki soliqlar va foizlar to‘langungacha daromad) nolga teng bo‘lishini ta’minlaydigan mahsulotning absolut (mutlaq) miqdori hisoblandi. Boshqacha qilib aytganda, «Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli tahlilchiga barcha xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashda va turli ishlab chiqarish hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to‘langungacha daromadni hisoblashda yordam beradi.
Bozor risklari moliyaviy risklarning qismi sifatida tashkilot- larning iqtisodiy faoliyati ko‘lamida yuzaga keladi. Uning daromadi shakllanishi bilan bevosita bog‘langan va tashkilotlarning investit- sion-moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida ehtimoliy iqtisodiy yo‘qotishlari bilan xarakterlanadi.
Bozor riski o‘z tarkibiga valuta, foiz, moliya bozori va tovar narxi risklarini o‘z ichiga olib, ularning bozor bahosidagi o‘zgarishlar natijasi hisoblanadi.
Bozor risklari mamlakatdagi makroiqtisodiy sharoit va moliya bozoridagi ishbilarmonlik darajasi bog‘liq bo‘lmaydi.
Bozor risklariga quyidagilar kiradi:

  1. iqtisodiy va siyosiy risk;

  2. qonunchilik bilan bog‘liq risklar;

  3. valuta risklari;

  4. tovar narxi risklari;

  5. foiz riski;

  6. moliya bozori riski.

Iqtisodiy va siyosiy risk – bunday risklarga biror – bir korporatsiyaning aktivlariga investitsiya qilayotganida, o‘sha korparatsiya qaysidir davlatning yuridik hududiga kiradigan va huquqlariga bo‘ysinadigan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ikkita mamlakat o‘rtasida qandaydir ko‘zda tutilmagan kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin. Bu esa bevosita investorga ta’sir etadi.
Bozor risklarini baholash, odatda, bir-birini to‘ldiruvchi ikki turga, ya’ni:
- risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko‘zlovchi sifat tahlili;
- loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko‘rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo‘linadi.
Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta’sir etuvchi risk turlarini aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo‘llashdan iboratdir.
Bozor risklarini baholash deganda riskning ta’sir darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklar ta’sirini pasaytirish usullari turlicha bo‘lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi.
Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir.
Risk tahlilining ahamiyati bozor riskining salohiyatli ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishi bilan izohlanadi.
Risklarni baholash algoritmi (ketma-ketligi) quyidagi tartibda bo‘ladi: birinchidan, korxonalar foydasining shakllanishiga ta’siretadigan risklarni turli xil variantlari mavjud bo‘lganda uning eng optimal variantlarini tanlash va tegishli qarorlar qabul qilish, shuningdek, turli xil oraliqlarda qarorlar qabul qilinishi avvalgi qabul qilingan qarorlarga bevosita bog‘liqligi va uni istiqbolda yanada rivojlantirish holatini aniqlab beradi.
Bunda riskni tahlil qiluvchi barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, qoida tariqasida, korxona investitsiya faoliyatini amalga oshirish davomida qilingan xarajatlar bir martalik moliyaviy qo‘yilmalarni amalga oshirishni talab qilmasdan, uzoq muddat davomida amalga oshirishni taqozo etadi. Bu holat korxona menejeriga kapital qo‘yilmalarni qayta baholash zaruriyatini hamda amalga oshirishdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi. Uchinchidan, risklar tarkibini va davomiyligini aniqlash, korxonalarning investitsiya faoliyatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan asosiy risklarni aniqlash, asosiy risklarning sodir bo‘lish vaqtini aniqlash, asosiy risklarning sodir bo‘lishi natijasida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan qarorlarni shakllantirish.



Download 52.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling