Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish


marketing va tovar sotishda xizmat xodimlarining energiyasi eng istiqbolli iste’molchilarga qaratiladi


Download 0.5 Mb.
bet10/37
Sana23.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1389074
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
7-Mavzu

marketing va tovar sotishda xizmat xodimlarining energiyasi eng istiqbolli iste’molchilarga qaratiladi;

  • marketing va tovar sotishda xizmat xodimlarining energiyasi eng istiqbolli iste’molchilarga qaratiladi;
  • marketing faoliyat rejasini tuzganda har bir bozor segmentining o‘ziga xos-xususiyatlarini e’tiborga olish imkoniyati tug‘iladi va boshqalar.
  • Umuman olganda bozorni segmentlash talabni oydinlashtirish, diferrentsiallash, pirovard natijada esa marketing strategiyasi va taktikasining eng optimal variantini tanlash imkoniyatini beradi.

    Odatda, segmentlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. Makrosegmentlash deb nomlanadigan birinchi bosqichda “tovar bozori” aniqlanadi.

Mikrosegmentlash deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi.

Mikrosegmentlash deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bozorni segmentlarga ajratish va kishilarni guruhlar bo‘yicha o‘rnatish o‘z-o‘zidan hech narsa bermaydi, chunki har bir kishi bir guruh emas, balki ko‘proq guruh a’zosi hisoblanadi. J. Karver bu muammoni shunday bayon etadi: «O‘rta iste’molchi» tushunchasi xato, chunki faqat takror-takror tasnif natijasigina guruhlarni o‘xshashliklarini aniqlashi mumkin, daromadlar darajasi, irq, millat, e’tiqod va shu kabi har qanday mezonlar bilan qo‘shilgandagina ahamiyat kasb etadi.

Masalan, millat mezonini uning atrofidagi masalalar kompleksidan ajratib olinadigan bo‘lsa, iste’molchi odatlarini tahlil qilishda uning salmog‘i yo‘qolib boradi. Uning o‘zi yonma-yon turadigan daromadlar, narxlar va boshqalar darajasi mezonlari bilan birgalikda olinganda bu mezon muhit ta’siriga ega bo‘ladi. Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash masalasini hal etishning ideal vositasi bo‘la olmaydi, ammo shunga qaramay bu usul ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling