Marketing jarayoni - yangi extiyoj va goyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo taksimot tarmoklariga sotish bilan bogliq xarakatlar va boskichlarning tartibga solingan majmui.
Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit bilan o'zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (jo'natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, kanallar, tugri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining taxriri) aloqalar majmui; 2) insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing kontseptsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko'rsatayotgan firma, tashqilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashqil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar extiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, koida va goyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis kontseptsiyalarini ajratib ko'rsatish mumkin.
Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror
shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo'lgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saklab kolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli yunaltirilgan ta’sir ko'rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini bajarishning ko'rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko'plab variantlari orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko'rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar extiyojlarini qondirish va atrof-muxitdagi o'zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko'rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida (4R:Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora- tadbirlar o'tkazishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |