Bozori 8. Kapital bozori va kapital qo`yilmalar Kapital


Iqtisodiy renta (absolyut renta)


Download 345.95 Kb.
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi345.95 Kb.
#1625250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Извлеченные страницы из Микроиктисодиёт китоб

Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun to`lanadigan to`lov.
Yer rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun to`lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko`ra kengroq ma′noga ega, buni yuqorida ko`rgan edik.
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog`liq bo`lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan).
Yer rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi:

  • ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi;

  • barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi;

  • barcha yerlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi;

  • barcha yerlarning unumdorligi bir xil.

Yer taklifi absolyut elastik bo`lmagani uchun, yer taklif chizig`i vertikal ko`rinishda bo`ladi (18.7-rasm).
R, so’m/ ga
R3 R1 R2

0 QE
Q, gektar



18.7-rasm. Yer bozorida muvozanat holat


Yerga bo`lgan talab chizig`i D (yer unumdorligining pasayish qonuniga ko`ra) manfiy yotiqlikka ega. Yer taklifi chizig`i S ni talab
chizig`i D1 bilan kesishgan nuqtasi E1 yer bozoridagi muvozanat holatini

bildiradi.
R1 muvozanat renta bo`lib, u har oyda ijarachi tomonidan yer

egasiga to`lanadi.
R1E1QE 0
to`rtburchak yuzi barcha yerdan foydalanish

uchun to`lanadigan umumiy renta. Agar asosiy mahsulot bug`doy bo`ladigan bo`lsa, bug`doyga bo`lgan talabning ortishi, yerga bo`lgan
talabning ortishiga olib keladi D3 , natijada bir gektar yerga to`lanadigan

renta
R1 dan
R3 ga ko`tariladi. Ushbu holat umumiy (absolyut) renta

0R3E3QE
to`rtburchak yuziga teng bo`ladi. Agar bug`doyga bo`lgan talab

kamaysa, har oyda to`lanadigan renta ham kamayadi va umumiy renta

qiymati
0R2 EQE
to`rtburchak yuzigacha kamayadi.

Ko`rinib turibdiki, taklif absolyut elastik bo`lmaganda yer rentasi asosan unga bo`lgan talabga bog`liq.
Diffyerensial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo`yicha hamda joylashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi.

Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo`yicha 3 xil yer bo`lsin, ya′ni, yaxshi, o`rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo`lganligi uchun, ularning teng o`lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo`lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan ko`proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog`liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o`rtacha yer rentasiga ko`ra yuqori, o`rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko`ra ko`p bo`ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (18.8-rasm).
P

Download 345.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling