18.3 -rasm. Investitsiyaga talab funktsiyasi grafigi
Investitsiyaga talab funktsiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag` qo`yishi mumkin bo`lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin bo`lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablag` qo`yish
masshtabi kengayadi, ya′ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag` bilan ta`minlanadi.
Inflyatsiyaning ta′siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o`sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag`lar nisbatini o`zgartiradi. Shuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e`tiborga olinishi zarur.
Agar
barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish
haqiga ham) bo`lgan narxlarning darajasi o`sganda, ular o`rtasidagi