Bozorining shakllanishi va rivojlanishi
Kurs ishining dolzarbligi
Download 434.08 Kb.
|
G ayratov Asadbek kurs ishi.doc
Kurs ishining dolzarbligi
O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida hamda davlat siyosatida yoshlarning ish bilan bandligini oshirish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu ko’p jihatdan O’zbekiston aholisining tarkibiga ko’ra yoshlar mamlakati qatoriga kirishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy faol aholi tarkibidagi yoshlar eng istiqbolli toifa hisoblanib, uzoq muddatli intellektual investisiya obyekti hisoblanadi. Ular bilim darajasining yuqoriligi, kuchli mehnat motivasiyasi, jo’shqin jismoniy salohiyat, mehnat bozori talab etayotgan kasb va ixtisoslikka tez o’qitish va o’rgatish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. O’zbekistonda har yili yuz minglab yangi ish o’rinlari tashkil etilayotganligiga qaramasdan mehnat resurslari miqdori muttasil o’sib borayotganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va boshqa omillar mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi unga talabdan yuqori bo’lishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarini tugallayotgan yigit-qizlarni ixtisosliklari bo’yicha ish bilan ta’minlashda jiddiy muammolar mavjuddir. Bu esa yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashda jiddiy muammolarni vujudga keltirmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos yoshlar tarkibiga ega bo’lgan bizning respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Yoshlarni ish bilan ta’minlash uning takror ishlab chiqarishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi jamiyatning kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy jihatdan qo’llab - quvvatlash uchun sarf qiladigan chiqimlar yoshlarni ish bilan ta’minlanishiga bog’liqdir. Ish bilan bandlik inson ijtimoiy kamolatining eng muhim tomonlaridan birini ochib beradiki, bu uning mehnat sohasidagi va mehnat bilan bog’liq bo’lgan etiyojlarini qondirishga aloqadordir. Hozirgi paytda bozor munosabatlari talabiga mos ravishda mehnat sifati o’sayotganligi an’anasi ko’zga chalinmoqda. Tashabbuskor, layoqatli mehnatkashlar guruhlari, o’z navbatida, mehnat sharoitiga o’z talablarini qo’ymoqdalar. Albatta, bu jarayon ko’ngildagidek kechayapti, deb bo’lmaydi. Bunga avvalo bizning bugungi iqtisodimizning o’tish davrida ekanligi o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Ikkinchidan esa iqtisodiy islohotlar o’z yo’lida ma’lum qiyinchiliklarga ham uchramoqda. Shu boisdan ham aholini ish bilan band qilish muammosini ko’p yillardan buyon bozor iqtisodi sharoitida yashayotgan ayrim davlatlar tajribasini ko’chirib olgan holda amaliyotga tatbiq etib emas, o’zimizdagi mavjud voqyelikni chuqur tahlil qilgan va yetarli saboqlar chiqargan holda yechish joiz Download 434.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling