Bozorining shakllanishi va rivojlanishi
Download 434.08 Kb.
|
G ayratov Asadbek kurs ishi.doc
Kurs ishining maqsadi O zbekistonda ishchi kuchi bozorining shakllanishiʻ va rivojlanishini kompleks tahlil qilish, mehnat bozorini rivojlantirishga qaratilga ilmiy takliflar ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari: O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalashni tahlil qilish O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining rivojlanishi xususiyatlarini aniqlash O’zbekistonda mehnat munosabatlarining huquqiy asoslarini o’rganish O’zbekistonda mehnat migratsiyasi bo‘yicha davlat siyosatini tahlil qilish O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat aholining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta‘minlashni ham o’z ichiga oladi. Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhimi masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohatlar daridagi ushbu masalani hal etish uchun malkatda bir qator tadbirlarni amlaga oshirish rejalashtirilgan. Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste‘mol mollarini, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag’batlantirish. Prezident SH.M. Mirziyayev ta‘kidlab utganidek “...Kichik o’rta va xususiy tadbirkorliknig yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, oyni vaqtida uning aholi farovonligi va daromadlari ortishida, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylanishiga erishmog’imiz lozim”. Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiymaishiy xizmat va qurilish bo’yicha hizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarida xizmat sohasini rivojlantirishna ustunlik beriladi. Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish oylarini ochish yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. To’rtinchidan, ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni tashkil etishni tubdan o’zgartirish. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Aholining ish bilan bandligi masalasi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta‘minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini iqtisodiyotda tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalrni ham o’z ichiga oladi. Ishchi kuchi bozori xaridorlar – ish beruvchilar va sotuvchilar- ish kuchi egalaridan iborat bo‘ladi. Ish beruvchilar davlat idora tashkilotlari, xususiy va jamoat tashkilotlari, mehnatini taklif etuvchilar – ish kuchi egalari bo‘lib, ular mehnat qobilyatiga ega va o‘z ishchi kuchini sotishga ishtiyoqi bo‘lgan kishilardan tashkil topadi. Ishchi kuchi bozorining aniq shakllari bular - mehnat birjalari va ishga yollovchi firmalardir.1 Ishchi kuchi bozorini tartibga solishda mehnat birjlari alohida o‘rin tutadi. Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasadir. Dastlabki mexnat birjalari XIX asrning birinchi yarmida tashkil topgan. Bizning Respublikada mehnat birjalari 2009 yildan boshlab –“Axoli bandligiga ko‘maklashish markazlari” deb atala boshlandi.2 Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir: ishsizlarni ro‘yxatga olish, xamda ishi joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarni ishgajoylashtirishda vositachilik qilishi; ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish; alohida ixtisosliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab haqida ma’lumot berish;- yoshlarni kasb ixtisosliklar bo‘yicha yo‘naltirish, yangi kasb-hunarga o‘rgatishni tashkil qilish. Mehnat birjalarining faoliyati faqat ish bilan ta’minlash emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq xolda o‘zgarib turadigan mehnat bozori talabini qondirishdan iborat. 2019 yilda Respublika bandlik xizmati muasasalariga 623.3 ming kishi ishga joylashtirishga ko‘maklashish uchun murojaat qilib, ulardan 546.6 ming kishi ish bilan ta’minlagan. Respublikada axolining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligini, shuningdek jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini hisobga olgan holda ish bilan bandlikni ta’minlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallangan: Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ham ashyosini qayta ishlash, iste’mol mollari, maxalliy xom ashyodan qurish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. Bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida kichik tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yildagi 48.2% dan 2019 yilda 54,6% ga ortgan. Ularning sanoat mahsuloti hajmidagi ulushi 22,2% ni, qurilish ishlarida 70,7%, chakana tovar aylanmasidagisi 45,3% ni, pulli xizmatlaridagisi 44,7% ni tashkil qilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan axolining 76%dan ko‘prog‘i aynan shu sohaga to‘g‘ri keladi. Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish soxasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish. Prezidentimiz SH.M.Mirziyayev ta’kidlaganidek: “Bugungi bosqichda kasanachilik soxasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini xech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqorolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muxtoj nogironlar va mehnat qobilyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muxim axamiyat kasb etmoqda”. Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy ximoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur extiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishiga qaratiladi. Aholining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobilyatlarini ishga solish imkoniyatini berish bilan birga, aholi extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish, zarur xollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va soxalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Download 434.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling