159. Kimning sharafiga 2013-yilda “M10” nomidagi
muzey ochildi?
Javob: Diego Maradona sharafiga
160. Ingliz tili haqidagi maqolaga ko’ra, “drunk” ya’ni
“ mast” so’zi 2241 ta sinonimga ega ekan. Savol: Bu
maqolada qanday ism uchraydi?
Javob: Ginnes. Izoh: bu sinonimlarning rekord
miqdori
161. Bir multfilmda o’rmondagi ikki hamkasb eski tez
yordam mashinasida yashashi haqida epizod bor.
Savol: Bu hamkasblar – nimalar?
Javob: Bo’rilar. Izoh: Bilasizki, bo’ri – o’rmon
sanitari
162. Hozirda mavjud bo’lmagan bir kasb haqidagi
maqolada yozilishicha, Bangladeshda ular hozirgacha
eski kemalarni bo’laklash ishida foydalanilar ekan.
Savol: 1873-yilda ularni kim tarixga muhrladi?
Javob: Ilya Repin. Izoh: Gap burlaklar haqida edi
163. Bu ko’rsatkich bo’yicha rekordlar musiqa
yulduzlariga tegishli. Butun dunyo bo’yicha Madonna
va Elvis Preslida – 6 ta, Maykl Jeksonda 5 ta. Savol:
Ushbu rekordga aloqador ayol familiyasini ayting
Javob: Tyusso. Izoh: Gap ularning mum haykallari
haqida edi
164. 1798-yilda Dominik Vivan Denon Napoleon
Bonapartning qadimgi yodgorliklar va piramidalar
yurti bo’lgan Misrga yurishida hamroh bo’ladi. Savol:
Denon 1804-yildan boshlab nimani boshqara boshladi?
Javob: Luvr muzeyini. Izoh: Denon Luvrning ilk
direktori sanaladi. Piramida Luvrning uncha
mashhur bo’lmagan simvollaridan birida aks etgan
ekan
165. Yaqinda britan sayyohi Adam Leyton bir sutka
davomida 12 ta mamlakatni faqatgina jamoat
transportidan foydalangan holda kezib chiqdi. Savol: U
sayohatini qanday aholi yashash punkti yaqinida
boshlagan edi? Toponim joy nomi!
Javob: Shengen. Izoh: Shengen qonuniga ko’ra
Yevroittifoqda chegaralar ochiq. Shengen – nemis
Do'stlaringiz bilan baham: |