Javob: Yuzsiz odam
140. Adabiyotchilar bu insonni "Omma e'tiboridan
chalg'itib turuvchi hamda illyuzionist assistenti" deb
atagan. Savol: Kimni?
Javob: Dr Vatson
141. Fredirek Klebanning yozishicha, ko'p yillar
davomida olimlar bu odamni "yetarli bo'lmagan
chuqulik" uchun tanqid qilishgan va aytishganki, bu
odam go'yo fanni shouga aylantirmoqchi ekan. Savol:
Gap kim haqida edi?
Javob: Jak Iv Kusto
142. Hazilga ko'ra, odamlar bu kasb egalarining
ishxonasi shiftiga doim hayron bo'lib qarar ekan.
Savolda "hayron bo'lib" so'zlari almashganini bilgan
holda, gap qaysi kasb egalari haqida ketayotganini
toping
Javob:
Stomatologlar.
Izoh:
Stomotologlar
kreslosida bemorlar doim shiftga og'zini ochib
qarashi nazarda tutilmoqda
143. Bir filmda politsiyachi jinoyatchi qizni ta'qib
qiladi. Qiz tashlandiq bir binoga boradi va u yerda pol
teshigiga tushib g'oyib bo'ladi. Savol: Politsiyachi
ta'qib qilgan bu qizning ismini ayting
Javob: Alisa. Izoh: Film Luis Kerrol asariga
allyuziya edi
144. Bir fantastik qissada mingga yaqin farishtalar
otryadi haqida aytib o'tiladi. Ular har doim turli
halokat va baxtsiz hodisa paytlari yordamga kelishar,
hattoki zararni qoplab berishar edi. Bu otryad
farishtalarining aniq sonini ayting
Javob: 911 ta. Izoh: Farishtalar soni - Amerika
qutqaruv xizmati telefon raqamiga teng edi
145. Malayziya sultoni sivilizatsiyadan orqada
qolmagan holda bir safar o'ziga yasama sun'iy tish
qo'ydirish uchun singapurlik dentistni taklif etadi.
Tabiiyki, tish qo'yilgan damlarda sultonga anchagina
xalaqit berar, noqulaylik tug'dirar edi. Shu sabab sulton
ularni bir kunda bir necha marotabalab olib turar edi.
Savol: Sulton tishini olgan vaqtlarda nima qilardi?
Do'stlaringiz bilan baham: |